Ombir- Omborxona- Omonqora-(Ungernia) chuchmomadoshlar oilasiga kiruvchi ko`p yilli o`t. uning tuxumsimon piyozi 4-7 sm kattalikda bo`lib qo`ng`ir-qora rangda. Bargi poyada ikki qator bo`lib joyashgan, eni 2-3 sm, uzunligi 20-25 sm gat eng. Gullari sarg`ish-pushti ranglarda bo`ladi. Omonqora avgust oyida gullab, urug`I sentabr oyida yetiladi. Omonqora ildizidan tibbiyotda shol, belog`rig`i, asab kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Ona chumoli- qorin qismi juda katta bo`lib, uyasidan chiqmaydi.U tuxum qo`yib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Ona chumoli 20 yilgacha yashaydi.
Ondatra-(Ondatra zibethica) tanasining uzunligi 35-40, dumuning uzunligi 20-30 sm gacha yetdigan kemiruvchi hayvon. U suvda ham, quruqlikda ham ham hayot kechirishga moslashgan. Dumi ikki yonidan yassilanib ketgan, orqa oyoqlarida, xuddi o`rdakdagidek suzgich pardalari bor. Uning mo`ynasi qalin va uncha namlanmaydi. Ondatraning vatani Shimoliy Amerika. O`zbekistonda Qoraqalpog`iston, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent hududlarida tarqalgan. U ko`llar, daryolar sohillaridagi inlari yoki uyalarida yashaydi. U suvda va suv bo`yida o`sadigan o`simliklar, asosan qamish bilan oziqlanadi. Yil davomida 2-3 marta 4-12 tadan bolalaydi. Bolalarini 20-25 kun sut bilan boqadi. Ondatra 6 yilgacha yashaydi. Mo`ynasi juda sifatli bo`lganligi uchun ko`p ovlanadi.
Oq ayiq- Shimoliy qutbda yashaydi. Oq ayiqning qalin oq juni tanasida issiqlik kamayishining oldini oladi va muz, qorda unchalik ko`zga tashlanmaslikka yordam beradi.terisi ostidagi qalin yog` qatlami arktikaning eng past haroratida ham muzlashga yo`l qo`ymaydi. Ular Shimoliy muz okeanida bemalol suzib tulen, shimol bug`usi, baliq ovlaydi. Oq ayiq juda yirtqich bo`lib, odamlar uchun juda xavfli. Oq ayiq qishda uxlamaydi. Tanasining uzunligi 3 m, og‘irligi 750 kg gacha keladi. Oqayiqlar juda tajovuzkor bo`lib, odamlar uchun juda xavfli.
Oq bo`yinli bulbul- (Irania gutturalis Guerin) tog`larda yashovchi bulbul turi. Boshining ikkala yoni qora, bo`yni oq, ustki tarafi kulrang, pastki tarafi malla bo`ladi. U butalarda yashaydi, yerga kamdan-kam tushadi. Lekin toshlar bor joyda toshlar ustida ham uchratish mumkin.