Ov- Ovminzatog`- Ovqatlanish gigiyenasi- Ovqatlanish qoidalai- Oxunboboyev kanali-Namangan viloyatidagi magistral kanal bo`lib, uzunligi 48 km. Kanal Sirdaryodan to`g`onsiz suv oladi, suvning o`zi oqib o`tadi. Qoradaryodan suv oluvchi O`rolamin, Mahman va Eshonbobo kanallari birlashtirilib, rekonstruksiya qilingach, 1930-yilda ishga tushirilgan. Uning yangi bosh inshooti Sirdaryoning Mingbuloqburni yaqinida barpo etilgan (1964). Kanal trassasi bosh qismida Sariqsuv kollektorini kesib o`tadi. Mazgil o`zani orqali, so`ngra qo`riq yerdan oqadi. Namangan viloyatining To`raqo`rg`on, Uchqo`rg`on, Pop, Uychi, Namangan tumanlaridagi 40 ming gektarga yaqin yer sug`oriladi.
Oy- kalendarlarda foydalaniladigan vaqt oʻlchov birligi hisoblanib, u Oy tabiiy yoʻldoshining Yer sayyorasi atrofida aylanish davriga teng. Bir yil — Grigoriy taqvimida 12 oydan iborat. Kalendar oyining uzunligi 28—31 kunga teng boʻladi.
Oy- Yerning yagona tabiiy yoʻldoshi. Yerdan oʻrtacha 384 400 km masofada joylashgan. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika boʻylab Oyning hara-katiga qarama-qarshi yoʻnalishda (yaʼni gʻarbga tomon) siljib boradi va 18 yilu 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani toʻla bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida oʻtgan vaqt ajdar oyi deyilib, u oʻrtacha 2721222 sutkaga tengdir. Quyosh va Oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bogʻliq. Uning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri (27,32 sutka) siderik oy (davr)ga teng , shu sababli Oy hamma vaqt Yerga bir tomoni bilan "qarab" turadi. Bu davrlarning bir xil boʻlib qolganligi tasodifiy emas. Yerning tortish kuchi Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishiga taʼsir koʻrsatib (sekinlatib), million yillar davomida uni Yer atrofida aylanish davriga tenglashtirilgan. Oy sirti birmuncha qora-oq rangda. Toʻlin Oy Quyoshga qaraganda 465000 marta xira. Oyning oʻz oʻqi atrofida Quyoshga nisbatan bir marta toʻla aylanish davri sinodik oy deyilib, u 2953059 sutkani tashkil etadi. Oyning boshqa fazalarida esa uning yoritilishi yanada kam. Mas, 7 va 22 kunlik Oy yorugʻligi toʻlin Oy yorugʻligining 8% iga teng. Oy oʻz oʻqi atrofida Quyoshga nisbatan bir sinodik oyda bir marta toʻla aylanib chiqadi. Shuning uchun Oyda bir kunduzi va kechasi salkam 15 sutka davom etadi. Oyda atmosfera boʻlmaganligi uchun tuprogʻi temperaturasi kunduzi (Quyosh koʻrinishiga nisbatan) +120°, kechasi — 150° gacha boradi.