Qurama tog` tizmasi-(qurama qabilasi nomidan) Tyanshan tog` sistemasining g`arbidagi tog` tizmasi, Tojikiston bilan O`zbekiston Respublikalari chegarasida. Jan.g`arbda Tojikiston Respublikasidagi Bo`ston shahridan boshlanib, shimoli- sharqqa 170 km davom etadi va Kengsoz dovoni yaqinida Chatqol tizmasiga tutashadi. Farg`ona vodiysini shimoli-g`arbdan o`rab turadi. Tizmaning o`rtacha balandligi 2500– 3000 m. Eng baland joyi 3769 m (Bobolob cho`qqisi). Tizma Qamchiq dovonidan janubi-g`arb tomonga pasayib boradi. G`arbda — Oltintopgan va Qalqonota tizmalariga bo`linadi. Bu tizmalar oralig`ida Sardobsoy vodiysi joylashgan. Qurama tizmasi yon bag`irlaridan juda ko`p katta-kichik jilg`a va soylar, jumladan, shimoli-g`arbiy yon bag`ridan Ohangaron daryosining chap irmoqlari oqib tushadi.
Qurbaqa-dumsiz suvda va quruqlikda yashovchi hayvon. Uzunligi 2—25 sm keladi. Ko`pchilik qurbaqalarning tishlari qisman yoki butunlay reduksiyaga uchragan. Tanasi keng , oyoqlari baqalarga nisbatan kalta. Qurbaqaning 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tug`uvchi qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Ko`pchilik (200 ga yaqin) turlari asl qurbaqalar urug`iga kiradi. Asl qurbaqalarning ko`z qorachig`i vertikal joylashgan, orqa oyog`i barmoqlarida suzgich pardalar qoldig`i bor. O`zbekistonda faqat ko`k qurbaqalar (uzunligi 14 sm gacha) uchraydi. Aksariyat qurbaqalar — quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi, sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. qurbaqalar bog` va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Qurg`oqchilik- Qurilish- biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obʼyektlar qurilish mahsulotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish davri nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli ob-havo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Tiklanadigan obʼyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kommunal, ijtimoiy-madaniy va boshqa qurilishlarga boʻlinadi.