Quyosh- Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin yulduz. Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Quyosh oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri - 25, qutblari yaqinida esa - 31 sutkaga teng.
Quyosh sistemasi-Quyosh va uning atrofida aylanadigan sakkiz sayyoradan iborat. Yer ham shular qatoriga kiradi. Ayrim sayyoralarda Oyga o`xshash yo`ldoshlari bor. Ular ham, o`z navbatida, sayyoralar atrofida aylanadi. Quyosh sistemasiga kometa va asteroidlar ham kiradi. Yer Quyosh sistemasidagi hayot mavjud bo`lgan yagona sayyoradir. Quyosh sistemasi juda ulkan. Quyosh sisyemasi Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari (Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kometalar, kosmik changlar) majmui. Quyosh tizimi chegarasining koʻrinma oʻlchami Pluton orbitasi bilan aniqlansada, ammo uning haqiqiy chegarasi eng yaqin yulduzgacha boʻlishi mumkin. Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar Quyoshga yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni kuzatishdan olinadi. Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham Quyosh tizimiga kiravermaydi. Quyosh sistemasining umumiy tuzilishini birinchi marta N.Kopernik toʻgʻri ifodalab, Yer va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishini asoslab berdi (16-asr). Uning geliotsentrik sistemasi birinchi marta sayyoralarning Quyosh va Yergacha boʻlgan nisbiy masofalarini aniqlashga imkon berdi. S.Kepler sayyoralarning harakat qonunlarini (17-asr boshlari), I.Nyuton butun olam tortishish qonunini (17-asr oxiri) kashf qildilar. Bu qonunlar Quyosh tizimidagi jismlar harakatlarini oʻrganuvchi fan — osmon mexanikasi asos boʻldi. Quyosh tizimiga kiruvchi kosmik jismlarning fizik tabiatini oʻrganish, asosan, T.Galileshtt teleskop kashf qilganidan boshlandi. 1609-yilda Galiley oʻzi yasagan kichik teleskopi yordamida Oy, Venera, Yupiter va Saturnni kuzatib, ajoyib kashfiyotlar qildi. Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir. Sayyoralar, asosan, ichki (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) guruhlarga boʻlinadi va ular oʻz xususiyatlari bilan bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Quyosh tizimiga kiruvchi kometalarut biz faqat Quyoshga yaqinlashgandan keyin koʻra boshlaymiz.
Radio-lotincha “nur chiqarmoq”, “nur tarqatmoq” degan ma`noni bildiradi. Signal, ovoz kabi axborotlarni elekrtomagnit t`olqinlar yordamida simsiz aloqa yordamida uzoq masofaga yetkazish va qabul qilish moslamasidir. Radio orqali ommaviy axborot, musiqa va boshqa eshittirishlar eshittiriladi
Rahbar- yo`lboshchi, yo`l ko`rsatuvchi kishi, boshliq. Biror davlat, tashkilot, guruh, jamoa va shu kabilarga yo`l ko`rsatib, boshchilik qilib boruvchi, rahbarlik qiluvchi yo`lboshchi. Rahbarlar biror ishni bajarishda boshqalarga yo`l ko`rsatib turishadi.
Raketa-(italyancha rocchetta — pirpirak so`zidan olingan) — maxsus raketa yonilgʻisi (ish jismi) yonganda paydo boʻladigan kuch taʼsirida sarakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilgʻisi turiga koʻra, qattiq yoqilg`ili va suyuq yonilgʻili xillarga boʻlinadi. Boshqariladigan va boshqarilmaydigan xillari bor. Boshqariladigani uchib ketayotganda oʻz yoʻnalishini (trayektoriyasini) oʻzgartirishi mumkin. Bir bosqichli va koʻp bosqichli raketalar bor. Koʻp bosqichli raketa zaxira yonilgʻi solingan bulma, dvigatel qurilmasi, yonilgʻi berish tizimi, boshqarish organlari, apparatlari va boshqalardan iborat. U raketaning maʼlum bosqichda uchishini taʼminlaydi. Yonilgʻi zahirasi tugagach, birinchi bosqich raketaning uchishda davom etadigan boshqa bosqichlaridan ajraladi. Raketaning boshlangʻich (start) massasi bir necha ming tonnagacha boʻlishi mumkin. Raketa harbiy ishda va kosmonavtikada qoʻllanadi. Raketa maxsus uchirish qurilmalaridan uchiriladi. Raketa harbiy maqsadlarda, kosmosda, ilmiy tadqiqot ishlarida, xoʻjalik ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Kosmik raketalarning yaratilishi rus olimlari K.E.Siolkovskiy, N.I.Kibalchich, FL.Sander, V.P.Ptushko, S.P.Korolyov, chet el olimlari R.Goddard, G.Obert va boshqa nomi bilan bogʻliq.
Rang- moddalar chiqargan yoki qaytargan nur. Uch xil rangning qoʻshilishidan xohlagan rangni hosil qilish mumkin. Xalqaro kelishuvga binoan, 3 asosiy rang tanlab olingan: qizil, yashil va havo rang . Rangli televideniye, rangli fotografiya va boshqalarning asosida 3 xil rang aralashmasi yotadi. Agar ularni teng nisbatda aralashtirilsa, oq rang hosil bo`ladi. Rassomlikda qizil, ko`k va sariq ranglar asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni turli nisbatlarda aralashtirib, boshqa barcha ranglar hosil qilinadi.
Raqam- sonlar ifodalanadigan shartli belgilar. Qadimda sonlar soʻzlar orqali ifodalangan. Xalqlarning ijtimoiy xoʻjalik hayoti rivojlanishi bilan mukammalroq belgilarga va hisoblash tizimlariga ehtiyoj tugʻildi. Eng qadimgi raqam bobilliklar va misrliklarga mansub. Misr iyeroglif raqamida (miloddan avvalgi 3000 —2500 yil) sonlarni ifodalash uchun maxsus rasm-belgilar, keyinroq iyeratik va demotik yozuvlari paydo boʻldi. Bobil raqamlari (miloddan avvalgi 2000 yil boshi), asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari boʻlib, boshqa barcha raqam shular asosida ifodalangan. Misr iyeratik yozuvidan Yaqin va Oʻrta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda yunon yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan raqam kelib chiqdi. Hozirgi raqamning timsollari (nol bilan birgalikda) Hindistonda 5-asrga yaqin yuzaga kelgan. Bungacha Hindistonda kharoshti raqami va u bilan deyarli bir vaqtda brahmi raqami boʻlgan. Brahmi raqamidan hind gvalior raqami kelib chiqdi. Gvalior Raqamlar esa arab raqamiga asos boʻlgan. Hozirda biz arab raqamlaridan foydalanamiz. Ular 0 bilan birgalikda 10 tani tashlik etadi. Raqamlar turli mamlakatlarda turlicha yoziladi. Qadimda ular hozirgi raqamlardan keskin farq qilgan. Qadimgi Rim raqamlaridan hozir ham foydalaniladi.