Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə22/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bedana- (Coturnixcoturnix)—tovuqsimon larturkumining qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub mayda parranda. Erkagining patlari sargʻish-qoʻngʻir, koʻndalangoq- sargʻish yoʻlli, tanasi ning kki yoni boʻylab qizgʻish yoki qora yoʻllar oʻtadi. Makiyoni qoramtir, koʻkragida qora yoki qizgʻish xollari bor. Bedana Yevropa, Afrika va Osiyoning gʻarbiy qismida tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻl, togʻoldi, yassi togʻli mintaqalarida va toʻqaylarda koʻp uchraydi. Xatti-harakati tovuqnikiga oʻxshaydi. Ogʻirligi 80—145gramgacha bo`ladi. Bedana aprel—may oylarida shimolga, kuzda avgust—sentabrda janubga gala boʻlib uchib oʻtadi. Bedana qosh qorayganda, tunda serharakat boʻladi, kunduzi pana joyda bekinib yotadi. Oʻsimliklar urugʻi va barglari, baʼzan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yer ustidagi chuqurchaga xas-choʻp toʻshab uyaquradi. Makiyoni9—20tagacha tuxum qoʻyib, 15—17 kun bosib yotadi. Koʻpayish davrida erkagi juda chiroyli sayraydi. Bedananing goʻshti mazali, tuxumi tansiq taom sifatida iste`mol qilinadi. Oʻzbekistonda ishqibozlar bedanani tuzoq va matrap(toʻr) bilan ovlaydilar, sayratish, urishtirish maqsadlarida toʻrqovoqda boqishadi. Ayrim joylarda soqov yoki yapon(S.Japonicus) bedanasi fermalarda goʻshti va tuxumi uchun boqiladi. Tuxum beruvchi bedana zotlari bir yilda 250—300 dona tuxum beradi, tuxumining ogʻirligi 10—14 gramm bo`ladi. AQSh da bedananing ogʻirligi 250 gramm keladigan, goʻshti uchun boqiladigan "Faraon" zoti yaratilgan.
Begona o`t- qishloq xo`jalik ekinlari ichida va ekin ekiladiga bo`sh yerlarda, uylarga yaqin joylarda, yo`l bo`ylarida o`sadigan o`simlik. Zararli, iste`mol qilib bo`lmaydigan zaxarli o`tlar, shuningdek tabiiy o``tzor va o`tloqlarning yem-xashak sifatini pasaytiradigan o`simliklar ham begona o`t hisoblanadi. Begona o`tlarning minglab turi bor. Begona o`tlar ba`zan qishloq xo`jalik ekinlariga zararkunandalardan ham ko`p zarar yetkazadi. Ular madaniy ekinlar ichida o`sib, tuproqdagi oziq-moddalarni va namlikni o`zlashtirib, ekinlarning yaxshi rivojlanishiga imkon bermay qo`yadi, ularning hosildorligini pasaytiradi. Ayrim begona o`tlar tekinxo`r bo`lib, boshqa osimlik tanasidagi shirani so`rib oladi.
Behi-(Cudonia oblonga) ra`nodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. Behining Ozarbayjon, Dog`iston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Behining balandligi 5–6 m, shox-shabbalari piramida shaklida, ba`zan tarvaqaylab o`sadi. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Behining gullari yakka holda, oq yoki och pushtibo`lib, aprelda gullaydi. Ko`chati o`tqazilgach, 3—4 yilda hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari o`rtacha 60— 70 kg hosil beradi. Mevasi sentabr—oktabr oylarida uzib olinadi. Vazni, naviga qarab mevasining og`irligi 150—500 grammbo`ladi . Behi mevalari limon rangda yoki to`q sariq, tuk bilan qoplangan bo`ladi. Yetilganda tuki to`kilib ketadi, xushboy hid tarqatadi. Yangi uzilgan mevasi kam iste`mol qilinadi. Behidan murabbo, kompot, marmelad, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (ko`pincha palovga bosiladi) ishlatiladi.
Bekat- qadimda yo`llarda karvon va yo`lovchilar to`xtab dam olgan maxsus joy. Unda yo`lovchilar tunashi uchun alohida uylar va otxonalar bo`lgan. Bugungi kunda bekat yo`lovchilarning biror transport turi (masalan, tramvay, trolleybus, avtobus, metro kabi)ga chiqishlari va undan tushishlari uchun belgilangan joy.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin