Binafsha- (Viola) ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Uning poyasi yotib o`sadi, oson tomirlanadigan, guli safsar rangda, juda xushbo`y bo`ladi. Binafsha erta bahorda ochiladi. Uning 500 ga yaqin turi mavjud. Binafshaning bog`larda o`sadigan juda ko`p turlari bor, ular bir-biridan faqat gulining rangi bilan emas, balki katta-kichikligi bilan ham farq qiladi. Binafsha tuproq tanlamaydi, qish kunlarida ham berk joylarda ham o`sa oladi. U poyasini bo`lib ekish bilan ko`paytiriladi. Ikkinchi nomi – gunafsha.
Bino- kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat binolari (maktab, teatr, kasalxona, magazin, hammom va boshqalar) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda fuqaro va sanoat binolari deb ataladi. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va boshqalar) boʻlinadi.
Biosfera rezervati-muhofazalanadigan, qo'riqlanadigan tabiiy hudud hisoblanib, u uchta maydonda yaratiladi. Dastlabki qismi markazda, tabiatga hech qanday ta'sir o'tkazilmaydigan joyda tashkil etiladi. Chunki bu hudud asosiy maydon hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ikkinchi hudud bufer maydon bo'lib, bu yerda flora va faunaning “Qizil kitob”ga kiritilgan namunalarini ko'paytirishga mo'ljallangan pitomniklar yaratiladi. Navbatdagi maydon o'tish bo'limi hisoblanadi, ushbu hududda mahalliy aholi yashaydi va atrof-muhit muhofazasiga o'z hissasini qo'shadi. Bunday maskanni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad tabiat ekotizimi va genofondini saqlab qolish, shuningdek, atrofdagi tabiiy manbaalarni ilmiy o'rganish va nazorat qilishdan iboratdir. Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda shu kunga qadar Quyi Amudaryo maydonida biosfera rezervati mavjud edi. “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Ugom-Chotqol qo'riqxonasi” unitar korxonasi negizidagi rezervat tog'li hudud ilk bor tashkil etildi. Hududga begona kishilar, transport vositalari kirishi, noqonuniy ov qilish harakatlari cheklangan.-“Baday-to’qay” davlat qo’riqxonasi nеgizida tashkil etilgan Biosfеra rеzеrvatining asosiy maydoni 11568,3 gеktarni tashkil etadi. Bundantashqari, 57149,5 gеktarlik bufеr va o’tish zonalari mavjud. Bu еrda dorivoro’simliklarning 160 turi, hayvonot olamining 135 vakili uchraydi. Ularningkata qismi xalqaro va mamlakatimiz “Qizil kitob”iga kiritilgan. Buxoro bug’usi - xonguli shulardan biridir. Biya-(baytal ham deyiladi) voyaga yetgan urg`ochi ot. Ayg`irdan alohida saqlanadi. Biya 3 yoshidan (g`unanlik davridan) to 20—25, baʼzan undan ham katta yoshgacha bolalaydi. Bo`g`ozlik davri o`rtacha 11 oy. Biyadan sog`lom qulun olish uchun butun bo`g`ozlik davrida qaltis harakatlardan, shamollashdan ehtiyot qilinadi, og`ir yuk tashishda ishlatilmaydi, toliqishiga yo`l qo`yilmaydi. Qulunini 6 - 9 oy emizadi. Bir sutkada 15 l gacha (ayrim sersut zotlari 25 l gacha) sut beradi.