Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Burun-odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining boshlangʻich qismi va hid bilish aʼzosi. Ovoz chiqarish va soʻzlashda rezonator



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə36/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Burun-odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining boshlangʻich qismi va hid bilish aʼzosi. Ovoz chiqarish va soʻzlashda rezonator vazifasini oʻtaydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi). Tashqi burun, burun boʻshligʻi va burunning yondosh boʻshliqlariga boʻlinib, yondosh boʻshliqlar burun boʻshligʻiga tor teshiklar orqali ochiladi. Tashqi burun suyaktogʻay skeletidan tuzilgan. Togʻay toʻqima borligi tufayli tashqi burun egiluvchan bo`ladi.
Buta-poyasi yog`ochashgan, bo`yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko`pyilik o`simlik. Butalar tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning oʻsib chiqishi hamda past boʻlishi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladi. Boʻyi yarim m dan past boʻlgan, shoxlari yogʻochlangan kalta oʻsimliklar butacha deb ataladi.
Butazor-
Buvaki-xoʻraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli o`sadi. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta (diametri 18—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, toʻq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli bo`ladi. Uzum boshi katta (boʻyi 20—28 sm), uzunchoq konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 250—300 gramm keladi. Gʻujumi oʻrtacha (16–18 mm), dumaloq, och yashil, sargʻish, sershira, poʻsti qalin. Tosh buvaki gʻujumining sirtida qoramtir nuqtalari borligi bilan Nor buvakidan ajralib turadi. Buvaki uzum sentabr boshlarida pishadi. Sugʻoriladigan boʻz tuproqli va lalmikor yerlarda yaxshi oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. 1930-yildan Oʻzbekistonda Buxoro va Samarqand viloyatlarida yetishtiriladigan buvakidan "Buvaki" desert oq markali (navli) vino tayyorlangan, xonadonlarda aʼlo sifatli shinni pishirilgan. Buvaki qishda saqlashga ham yaroqli boʻlgan. 60- yillardan boshlab ekiladigan navlar roʻyxatidan chiqarib yuborilgan.
Buxoriy maqbarasi- yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik va ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon ahlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. 16-asrda Imom al-Buxoriy qabri ustiga mo‘’jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi siyosat tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushib qolgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom al-Buxoriy xotirasini e’zozlash, ular nomlari bilan bog`lik joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi "Imom al-Buxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida oqishko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan. Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing aynan ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplangan.Hovlining chap tomonida masjid joylashgan

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin