Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə39/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Chang-
Chaqaloq-4 haftalikkacha bo`lgan bola.


Chaqmoq- atmosferada yuz beradigan uchqunli elektr razryadi. Bulutlar bilan bulutlar orasida yoki budutlar bilan yer orasida hosil bo`ladi. Chaqmoq hosil qiluvchi momaqaldiroq bulutlari zaryadlarining bir-biriga ta`sirlashuvi natijasida hosil bo`ladi. Chaqmoq chaqqanda atrof bir zum yorishib ketadi. Uzunligi bir necha km, diametri bir necha o`n sm, davomiyligi sekundning o`nlarcha ulushiga teng bo`lishi mumkin. Chaqmoq, asosan, bahor va yoz fasllarida kuzatiladi. Momaqaldiroq bilan birga yuz beradi.
Charm- hayvon terisidan yoki sunʼiy xom ashyodan tayyorlanadigan material. Charm tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va boshqa hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, attorlik uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi. Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, qalinligiga qarab ham xillarga boʻlinadi. Sunʼiy charm polimer xom ashyo materiallardan tayyorlanadi. Sunʼiy charm tolalardan toʻqilgan yoki notoʻqima matolar sirtiga yumshoq plyonka hosil qiluvchi moddalar (kauchuk, lateks, polivinilxlorid va boshqalar) qoplash natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy charm poyabzal, kiyimkechak, attorlik hamda texnika buyumlari tayyorlash va boshqa ehtiyojlar uchun tabiiy charm oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi.
Charos- erta oʻrtapishar mahalliy, xoʻraki uzum navi. O`rta Osiyoda keng tarkalgan. Charos uzumning tupi kuchli o`sadi. Bargi yirik, toʻgarak, oʻrtacha va kam kertikli, usti toʻq, orqasi och yashil, tuksiz bo`ladi. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, tigʻiz, 300—400 gramm bo`ladi. Gʻujumi yirik, dumaloq, tuxumsimon, koʻkimtirqora, seret, shirin, po`sti qalin bo`ladi. Charos iyul—avgustda pishadi. Bu uzumning hosildorligi yuqori. Asosan, yangiligida yeyiladi. Charos uzum Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida ko`p ekiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin