Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə98/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kapalak- qanotli hasharot. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, boʻr davridan maʼlum. Pardasimon qanotlari rangli tangachalar bilan qoplangan. Qanotlarining rangi turli xil bo`ladi. Moʻylovlarining shakli va uzunligi har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan 300 mm gacha. Kapalaklarning 140 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin turi aniqlangan. Koʻpchilik kapalak shomda yoki kechasi, ayrimlari kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalak gul nektari yoki oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Kapalak voyaga yetgan davrida bir necha kun, hatto bir necha soatdan (oziqlanmaydigan turlari) bir necha oygacha (voyaga yetgan davrida qishlaydigan kapalak) yashaydi. Koʻpchilik kapalak (aksariyat, ixtisoslashganlari) oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va xitoy dub ipak qurtlari kapalagi ipak olish maqsadida qoʻlda boqiladi. Koʻpchilik kapalak qurtlari qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik xoʻjaliklari, oziq-ovqat zahiralari, yung va moʻynadan tayyorlangan mahsulotlarga katta ziyon keltiradi. Oʻzbekiston qududida kapalakning 100 dan ortiq turi mevali daraxtlar va qimmatbahr yovvoyi oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Baʼzi turlari gʻoʻza hamda unga yoʻldosh ekinlar zararkunandalaridir. Koʻpchilik kapalak, ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi, zaharli kimyoviy moddalar va oʻgʻitlarning qoʻllanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda. Kapalakning bir qancha turlari muhofaza qilinadi.
Kapcha ilon-O‘zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biri. Asosan, kobra nomi bilan ataladi. Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to‘q sariq, qo‘ng‘ir yoki qora rangga o‘zgarib turadi. Ostki tomoni oq va tanasining oldingi tomonida ikki-uchta qora ko‘ndalang yo‘llari bor. Yoshlarining orqasida uzunasiga qora rangli ko‘ndalang yo‘llari bor, ularning old tomonidagilari pastki yuzasiga o‘tib ketadi. Hindistonda yashaydigan kobralarning ensasida ko‘zoynakka o‘xshash naqshi bo‘lgani uchun ular ko‘zoynakli ilon deb ataladi. O‘zbekistonda kobra faqat Bobotog‘da, Hisor tizma tog‘larining tog‘ oldilarida va Surxondaryo vodiysida ko‘proq uchraydi. Qarshi dashtida birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma tog‘larida esa kam uchraydi. O‘zbekistonda kobra quruq yon bag‘irlarda, kemiruvchilar inida yashaydi. Qishlovdan, odatda aprelda chiqadi. Bahorda kunduzi, keyin esa faqat ertalab va kechqurun faol yashaydi, yozda ko‘pincha kechasi ovga chiqadi. Qurbaqa, kaltakesak va ilonlar bilan oziqlanadi.
Kaptar- (Columbidae), kabutar — kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlar. Gavdasining uzunligi 10—15 sm dan (mitti kaptar) 89 sm gacha (tojli kaptar). Boʻyni kalta, tanasi miqti, qanotlari baquvvat, yaxshi uchadi. Ustki tumshugʻi asosida yumshoq teri boʻrtmasi bor. Kaptarlarning 285 turi maʼlum. Janubiy va Shimoliy qutblardan boshqa hamma hududlarda tarqalgan. Oʻzbekiston kaptarning 9 turi uchraydi. Asl kaptar urugʻidan togʻ koʻk kaptari juda keng tarqalgan. Gov kaptar va togʻ kaptari togʻli hududlarda, qora kaptar tog` etaklari va vodiylarda, klintux sharqiy hududlarda tarqalgan. Gʻurraklar urugʻidan musicha va gʻurrak koʻp uchraydi. Togʻ gʻurragi togʻli hududlarda yashaydi. Kaptar daraxtlar va ularning kovagiga, jarliklar, qoyalar, binolar tomiga juft-juft boʻlib uya quradi. Moda va nari tuxumlarini navbat bilan bosadi. Bir yilda 2, baʼzan 4—5 martagacha 2 tadan tuxum bosadi. Tuxumdan yalangʻoch (patsiz) jish joʻja chiqadi. Joʻjani dastlab nari va modasi jigʻildonidan ajralib chiqadigan oqsilga boy suyuqlik — qush suti, keyinroq jigʻildonda ezilgan don bilan boqadi. Koʻk kaptar barcha xonaki kaptarning zot boshi hisoblanadi. Koʻk kaptar va gov kaptar qisman ovlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin