Kitob davlat geologiya qo`riqxonsi-1979-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan zaminimizning geologik tarixi tabiiy-ilmiy yodgorliklarini qo‘riqlash va rejali o`rganish, shuningdek tabiatni muxofaza qilish, aholining ekologik bilimini oshirish maqsadida tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi qaramog‘ida turadi. Qo‘riqxona hududi geografik jihatdan Zarafshon tog‘ining janubiy-g‘arbiy yonbag‘rida, ma’muriy jihatdan esa Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan. Umumiy maydoni 3938 gektar. Qo‘riqxona hududini Obi-Safit, Xujaqurg‘on, Zinjilbog‘, Novabog‘, va boshqa soylar chuqur kesib o‘tib, bu yerda go‘zal tabiatli har xil tog‘ daralarini hosil qilgan. Qo‘riqxonaning dala bazasi Xujaqo‘rg‘on soyi etagida joylashgan bo‘lib bu yerda 80 kishilik majlislar zali, ishchi xonalar, kimyoviy va fotolaboratoriyalar, paleontologiya xamda biologiya muzeylari mavjud. Qo‘riqxonada o‘simliklarning 800 turga yaqini ma’lum bo‘lib, ularning 19 tasi O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Shuningdek hayvonot olami 168 tur umurtqali hayvonlardan iborat bo‘lib, ulardan 13 turi O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.
Kitob shahri- Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Oqdaryo oraligʻidagi Shaqrisabz-Kitob botig`ida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob stansiyasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Hozirda Kitob shahrining aholisi 35 mingga yaqin. Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Kitob oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini birbiriga bogʻlagan yirik karvon yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Hozirda Kitob Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan biridir. Paxta tozalash, vino zavodlari va boshqa korxonalar mavjud. Kitobda tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼlim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor. Kitob Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.
Kiyik- quvushshoxlilar oilasiga mansub kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar hayvon. Koʻp turlari Afrikada, ayrim turlari Janubiy va Marka-ziy Osiyoda yashaydi, Yevropada kiyikning 3 turi, Shimoliy Amerikada bir turi tarqalgan. Oʻzbekistonda kiyikdan saygʻoq va jayran uchraydi. Koʻpchilik kiyik choʻllarda, ayrim turlari oʻrmonda poda boʻlib yashaydi. Ular goʻshti, terisi va shoxi uchun ovlanadi.
Kiyiko`t- (Ziziphora Pedicellata apzij) labguldoshlar oilasiga mansub, bo`yining balandligi 40 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Bargi qisqa bandli, tukli yoki kam tukli bo`ladi. Gullari novdalarning uchida sharsimon to`pgul hosil qiladi. U iyun-iyulda gullaydi, urug`I iyul-avgustda yetiladi. Kiyiko`t ko`pincha tog`larda o`sadi. U ziravor sifatidakeng qo`llaniladi. Xalq tabobatida esa yurak sanchish kasaliga qarshi dori sifatida qaynatib ichiladi.