Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə104/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kecha-
Kechki ovqat-
Kegeyli kanali- Qoraqalpogʻiston Respublikasida qurilgan irrigatsiya inshooti. Amudaryodan boshlangan Hizketgen kanalinish chap tarmogʻi (Qizketgen kanali 25 km da Quvanish-jarma va Kegeyli kanaliga ajraladi). Uzunligi 56 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 115 m³/sek. 1935 yilda ishga tushirilgan. Keyingi yillarda kanal toʻliq rekonstruksiya qilinib, 1963 yilda kanalning 36-km da Mayyob va 55-kmda Beshyob gidrouzellari qurildi. Kegeyli kanalidan Yestekjap, Qorasiyroq, Shohariq va boshqalar kichik kanallarga suv beriladi. Suv kamayib ketgan yillarda Kegeyli kanaliga Qattiqoqar kanalining eski oʻzani orqali Amudaryoda qurilgan nasos stansiyasi yordamida suv uzatiladi (5–6 m³/s). Kanal suvi bilan Kegeyli va Chimboy tumanlarida 30 ming ga yer sugʻoriladi, yangi yerlarni oʻzlashtirish imkoniyatini beradi.
Kema- yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (masalan, neft) ni qazish, sport mashqlari va musobaqalari oʻtkazish hamda boshqalarni bajarish, sayyohlik uchun moʻljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan. Xodalarni bir-biriga bogʻlab qurilgan solni dastlabki kema deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda qayiq va kemalar yasalgan. Bora-bora kemasozlik takomillashib, kemaning oʻlchamlari va yuk koʻtaruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va yelkanlar oʻrnatildi. Rus mexanigi I. Kulibin 1772 - yilda gʻildirak (charxpalak) li kemani yaratdi. Angliyada 1882 - yil birinchi temir paroxod (bugʻ kemasi) qurildi. 19-asr 40-yillarida vintli kema qoʻllana boshladi. Birinchi bugʻ turbinali kema ("Turbiniya") Angliyada yaratildi (1894). Vazifasiga koʻra, kemalar transport, ovchilik, sanoat-xoʻjalik, maʼmuriy xizmat, harbiy, ishlarini bajaruvchi, kemalarga xizmat koʻrsatuvchi turlarga boʻlinadi. Transport kemasida yuk, yoʻlovchilar tashiladi. Ovchilik kemasida kit va baliq ovlanadi. Sanoat-xoʻjalik kemasida suv ostidagi neft burgʻilanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin