Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə107/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kiyim-
Kiyim-kechak- kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi. Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun). Kiyim turiga koʻra — ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal); vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy marosimlarida kiyiladigan (kishilik) kiyimlar, ish kiyim (jomakor), sport kiyim, rasmiy kiyim (forma)lar, maxsus kiyimlarga boʻlinadi, ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga ajratiladi.
Ko`cha-
Ko`chat- issiqxonalarda yoki ko`chatzorlarda ekilib yetishtirilgan, keyinchalik boshqa joyga ko`chirib o`tqaziladigan yosh o`simliklar. Ko`chat otqazish sabzavotchilikda, bog`-gulzorchilikda, dori-darmon tayyorlanadigan o`simliklarni ekishda ko`p qo`llaniladi.
Ko`chmanchi hayot-
Ko`hitantog`-
Ko`k bulbul-
Ko`k kaltakesak-
Ko`k kit- blyuval ham deyiladi (Balaenoptera musculus) — yoʻl-yoʻl kitlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Dunyodagi eng yirik hayvonlardan biri, tanasining uzunligi 33 m gacha, ogʻirligi 150 t gacha, usti koʻkimtir, qorni va biqinlari zangori rangda bo`ladi. Qornida oqish yoʻllari bor. Plankton organizmlar bilan oziqlanadi. Ko`k kitlar 2—3 yilda bitta bola tugʻadi, bolasini 7—8 oy emizadi. Bitta kit 15—20 t yogʻ va 35—40 t goʻsht beradi.
Ko`k somsa- xamirli taom turi. Oshirma yoki oddiy xamirdan tayyorlanadi. Oshirilgan xamirdan yongʻoqday zuvalalar uziladi va joʻva bilan qalinligi 1 mm qilib jildlar yoyiladi. Yangi unib chiqqan otquloq, yalpiz, yoʻngʻichqa, jagʻ-jagʻ, ismaloq, shoʻra, togʻ piyozi (mator) kabi koʻkatlarning bargpoyasi koʻk piyoz yoki bosh piyoz bilan birga chopiladi. Qiymaga tuz, qalampir (murch), jizza (mayda toʻgʻralgan qoʻy yogʻi yoki dogʻlangan paxta yogʻi) qoʻshiladi. Jildga bir qoshiqdan qiyma solib tugiladi va tandirda (yoki duxovkada) pishiriladi. Koʻk somsa uchun ozroq yogʻ yoki eritilgan margarin, suvga tuz qoʻshib yumshoq qilib xamir qoriladi. 10—15 minut tindirilgach, zuvalachalar norin hamiridek yupqa qilib yoyiladi. Oʻrtasiga qiyma solib tugiladi.
Ko`k targ`oq-(Alkedo atthis) tumshug`I uzun, boshi katta, dumi juda kalta va ust tomoni yaltiroq havorang tusda yaltirab turadigan qush. Qanotlari va ensasida mayda-mayda oqish xollari bor. Tanasining uzunligi 150-190 mm, qanotlarini yoyganda 260-280 mm ga boradi. Og`irligi 25-30 g keladi. Mayda baliqlar, itbaliqlar, baqacha va ninachi qurtlari bilan oziqlanadi. Ko`k targ`oq may oyining boshlarida zuv havzalarining bo`ylarida, jarliklarning biror joyini kovlab uya quradi. 6-7 tagacha tuxum qo`yadi.
Ko`kat- koʻk holida isteʼmol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar (koʻk piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, rayhon, rediska, rovoch, petrushka, ukrop va boshqalar). Koʻkat ekinlar qimmatli ozuqa moddalari, vitaminlarga boy. Kuzda va bahorda ochiq dalada, parnik va issiqxonalarda yil davomida yetishtiriladi. Ular bevosita ovqatlarga va konservalarga solib ishlatiladi. Barcha koʻkat ekinlarning oʻsuv davri qisqa — 30—60 kun davomida mahsulot isteʼmol uchun tayyor boʻladi. Koʻkat ekinlarlar tez yetilishi sababli koʻp marta urugʻini sepib yil boʻyi barra koʻkat yetishtirish imkoniyati bor. Koʻkat ekinlar unumdor, nam yetarli tuproklarda yuqori hosil beradi. Piyoz, barra sarimsoq, ismaloq sovuqqa chidamli (qishda ochiq yerda ham oʻsadi).

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin