Ko`sak qurti- Ko`sak-(capsula) yopiq urug`li o`simliklarning ko`p urug`li mevasi. Ko`sak bir va ko`p chanoqli bo`ladi. G`o`zada ko`sak 3-5 chanoqli tugunchadan rivojlanadi. Meva qati (ko`sak devorlari) markaziy urug`chi va urug`dan tuzilgan. Urug`lanishdan keyin tuguncha rivojlanib, ko`sakka aylanadi. Urug`lanishdan to ko`sak yetilib ochilguncha 50-60 kun o`tadi. G`o`zaning navi, turi va boshqa belgilariga qarab bitta ko`sakda o`rta tolali go`zalarda 4,2-7 g , ingichka tolali go`zalarda 2,5-4 g gacha paxta, 20 tadan 40-50 ta gacha chigit bo`ladi. Mevasi (paxta) yetilishi davrida ko`saklar asta-sekin qurib, chanoqlari ochiladi.
Ko`z- odam, hayvon, hasharotlarning ko`rish a`zosi. Odamlar va hayvonlarning ko`zlari juft bo`ladi. Odam koʻzi boshning tepa old qismida joylashgan boʻlib, uning atrofida qosh, qovoq, kipriklar joylashgan. Ba`zi hasharotlarning ko`zi ikkitadan ham ortiq bo`ladi. Ko`zlar, asosan, bosh tananing bosh qismida joylashadi. Ko`zlarni qovoq himoya qilib turadi.
Kobra shirach- Kogon shahri-(1935-yilgacha Yangi Buxoro deb atalgan) — Buxoro viloyatidagi shahar (1929 yildan). Kogon tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Buxorodan 12 km janubi-sharqda, Buxoro—Qarshi avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. Shahar 220 m balandlikdagi tekis yerda joylashgan. Kogon shahri Hargush kanalidan suv oladi. Maydoni 14,7 km². Aholisi 54 mingga yaqin kishini tashlik etadi. Shaharda, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksari qismi temir yoʻl transportida ishlaydi. Oʻtgan asrlarda Kogon oʻrnida shu nomda qishloq va yirik somon bozori boʻlgan. Shahar nomining kelib chiqishi ham shu somon bozori bilan bogʻliq degan taxminlar mavjud. Shundan kelib chiqib "kohkon" (koh forscha— somon), yaʼni somon koni atamasi haqiqatga yaqinroq. Keyinchalik bu nom oʻzgarib Kogonga aylangan boʻlishi mumkin. Shahar sanoat tarmoqlarining shakllanishi Buxoro amirligi davrida mahalliy aholi kuchi bilan qurilgan (1888) Zakaspiy (Krasnovodsk — Toshkent) temir yoʻlning Yangi Buxoro orqali oʻtishi bilan bogʻliq. 1920-yillargacha kogonda yogʻ zavodi qurilgan, toshbosma (unda Narshaxiyning "Buxoro tarixi" va boshqa asarlar bosilgan), temir yoʻl idorasi qoshida maktablar, paxta firmalari, turli savdo banklarining boʻlimlari ochilgan. Keyingi davrda yangi sanoat korxonalari va madaniy obʼyektlar qurildi. Gazli —Kogon gaz quvuri oʻtkazildi, 1959-yilda gaz kompressor stansiyasi barpo qilindi. Kogonda 20 dan ortiq yirik korxona faoliyat koʻrsatadi. Paxta tozalash, yogʻ, gipsohak zavodlari, 2 avtokorxona, lokomotiv va vagon depolari va boshqa mavjud. Kogon avtomobil yoʻllari orqali viloyat markazi va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Kokonda tarixiy-meʼmoriy yodgorliklardan Shohmasjid, Shohinajib (Zirobod) masjidlari, Buxoro amiri Abdulahadxonning 1894—1903-yillarda Yevropa va Sharq uslublarini uygʻunlashtirib qurdirgan hashamatli saroyi (1947 yildan shahar temiryoʻlchilari madaniyat saroyi) saqlanib qolgan.
Koinot- bizni o`rab turgan cheksiz, bepoyon olam. Koinot bu – Yer va undagi hamma narsa, Oy va barcha sayyoralar, Quyosh va milliard-milliard yulduzlar va galaktikalatdir. Olimlar, Koinot bir necha milliyard yil avval Katta portlash deb nomlangan kuchli portlash deb nomangan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydilar. Mana shu portlash natijasida hosil bo`lgan gazlardan asta-sekin yulduz, galaktika va sayyoralar, jumladan Yer sayyorasi ham shaklangan. Koinotda yulduzlar notekis joylashgan. Ular galaktika deb nomlangan ulkan to`plam hosil qiladi. Koinotda millionlab galaktikalar mavjud. Bir xillari shar shakliga, boshqalari tomchi shakliga ega.