Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə113/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kosmos-
Koson shahri- Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1972-yildan). Koson tumanining maʼmuriy markazi, viloyatning gʻarbiy qismida. Qarshi shahridan 30 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (4 km). Toshkent — Dushanba temir yoʻl va Qarshi — Buxoro avtomobil yoʻli yoqasida. Koson shahri Qashqadaryoning oʻng sohilida, 350 m balandlikda joylashgan. Shaharda yanvarda o`rtacha havo harorati 0°, iyulda +28 bo`ladi. Aholisi 59 ming kishiga yaqin. Kosonga Yakkabogʻ — Muborak suv quvuridan tarmoq oʻtkazilgan. Shaharda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, gʻoʻzapoyadan karton qogʻozi ishlab chiqariladigan oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasi, yogʻ ekstraksiya zavodi, avtokorxona bor. Mahalliy sanoatga qarashli qandolatpazlik va kulolchilik sexlari faoliyat koʻrsatadi. 10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat uylari, klublar, dorixona, poliklinika, 2 kasalxona, tugʻruqxona mavjud. Koson bilan Buxoro, Qarshi, Mugʻlon va tuman xoʻjaliklari orasida avtobuslar qatnaydi. Shaharda Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan jangchilar xotirasiga yodgorlik oʻrnatilgan.
Kosonsoy shahri- Namangan viloyatining Kosonsoy tumanining markaziy shahri, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi — Namangandan 28 km. Shahar Kosonsoy viloyatning shimoliy qismida, Oʻzbekiston bilan Qirgʻizistonni bogʻlab turuvchi avtomagistral yoqasida, Kosonsoy soyining har ikki sohilida joylashgan. Oʻrtacha 760 m balandlikda. Hozirda aholisi 42 mingga yaqin. Kosonsoy suv omboridan suv oladi. Shaharda shoyi toʻqish, poyabzal fabrikalari, mahalliy sanoat, non kombinatlari, qurilish tashkilotlari, Oʻzbekiston-Italiya, Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonalaridan "Kosonsoy-Tekmen", "Atlasmen" va boshqa yuzlab kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, iqtisodiyot, maishiy xizmat, transport, aloqa va yengil sanoat kasb-hunar kollejlari mavjud. Madaniyat uyi, "Toʻqimachilar" madaniyat saroyi, markaziy va bolalar kutubxonalari, stadion (25 ming oʻrin), "Doʻstlik" va "Yoshlar" xiyobonlari, madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin