Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə116/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kutubxona-(arabcha kutub - "kitoblar", forscha xona - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot kitob, gazeta, jurnal, video- va audiotasma, optik disk va oshqa shaklda boʻlishi mumkin. Kutubxonalar tashkilot (jamoat) yoki jismoniy shaxs (shaxsiy kutubxona) tomonidan tashkil etilishi mumkin. Kutubxona bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa. kutubxona muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish kutubxonaning asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish qabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga boʻlgan talablarini imkon boricha toʻliq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir kutubxona oʻz turiga koʻra kitobxonlarni tabaqalarga boʻlib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targʻibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar toʻliq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi. Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda sopol bitiklari saqlangan kutubxonalar boʻlgan. Miloddan avvalgi 7-asr oʻrtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, Qadimgi Misr va Rim ibodatxonalari qoshida kutubxonalar boʻlgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir. O`tmishda Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva va boshqa shaharlardagi katta madrasalarda kutubxonalar boʻlgan, ularning fondlari madrasaning qadimiyligi va nufuziga qarab turlicha boʻlgan. Baʼzi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy, Ibn Sino, Firdavsiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom qabilarning shaxsiy kutubxonalari, Alisher Navoiyning qimmatbaho qoʻlyozmalarga boy yirik kutubxonasi, Abdurahmon Jomiyning shaxsiy kutubxonasi mashhur boʻlgan.
Kuz- yoz va qish orasida joylashgan fasl boʻlib shimoliy yarimsharda sentabr, oktabr va noyabr oylaridan, janubiy yarimsharda esa mart, aprel va may oylaridan iborat. Yerning Shimoliy yarim sharida kuzgi teng kunlik (23 sentyabr) dan qishki Quyosh turishi (21-yoki 22-dekabr) gacha davom etadi. Kuz fasli kelganda asta-sekin kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. Sovuq, shamolli va yomgʻirli kunlar ko'payadi. Daraxt va oʻsimliklarning barglari sargʻayib qurishga boshlaydi.
Kvars-(olmoncha Quarz) tabiatda eng ko`p tarqalgan tog` jinsi. Qo`shaloqlari ko`p, kristall donacha, agregat va zich massalar holida uchraydi. Kvarsning kristallari, donalari, agregatlarining rangi har xil: shaffof - tog` billuri, binafsha - ametist (safsar), kulrang - rauxtopaz, qora - morion, tillarang - sitrin va boshqa. Murakkab ranglilari ham uchraydi, ularga boshqa minerallarning mayda zarralari qo`shilgan bo`ladi. Kvars turli tog` jinslarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kvars O`rta Osiyo (Pomirda), Rossiya (Uralda), Ukraina (Volinda), Braziliya va Madagaskarda uchraydi. Kvars qumi va uning metamorflashgan turlari — kvarsitlar keramika va shisha sanoatida, monokristallari (pyezokvars) optika va radiotexnikada, shaffof va chiroyli ranglilari yarim qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin