Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə115/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Kunbotar tomon-
Kunchiqar tomon-
Kundalik faoliyat- kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning , har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy faoliyat (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziq-ovqat, kiyim-kechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi). Ijtimoiysiyosiy faoliyat (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish). Maʼnaviy faoliyat (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi faoliyat).
Kunduz-
Kunjara-
Kurka- qulqul ham deyiladi.kurka uyda yashovchi parranda. Kurka eng yirik xonaki parranda, oyoqlari, nisbatan uzun, baquvvat, dumi keng , qanotlari qisqa, do`ppayib chiqqan. Boshi va bo`ynida "toj"lari bor, pati qalin. Tumshug`ining yuqori qismidan teri o`simta osilib turadi. Patlari oq, qora, ola rangda bo`ladi. Oq patli kurkalar sergo`shtligi bilan ajralib turadi.kurka go`shti mazali parhez mahsuloti. Kurkalar, asosan go`shti uchun boqiladi. Kurka o`simlik va hasharotlar bilan oziqlanadi. Xo`roz kurkaning og`irligi 9–35 kg , makiyonlariniki 4,5– 11 kg ga yetadi, 8—9 oyligida, asosan, fevral,—martda tuxum qila boshlaydi. Bitta kurka bir yilda 70—90 ta tuxum qiladi. Tuxumining og`irligi 80—88 gramm bo`ladi.
Kurtak- bu boshlang`ich novda. Daraxt kurtagi orqali barg va novda hosil bo`ladi. Kurtaklar, odatda, burglar qo`ltig`ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. O`simliklar turiga qarab kurtaklar mayda, yirik va turli shaklli bo`ladi. Kurtak boshlang`ich poya, boshlang`ich barg va qobiq kabi uch qismdan tashkil topgan.
Kurtak payvand- bir oʻsimlik ka ikkinchi oʻsimlikning kurtagini ulash, payvandlash usullaridan biri. Kurtak payvandda payvandtagga bitta kurtak ulanadi. Kurtak payvand iyul oxiridan sentabr oʻrtasigacha oʻtkaziladi. Kurtak payvand qilishdan 4—5 kun oldin koʻchatzor sugʻoriladi, payvandtag ildiz boʻgʻzidan 15—20 sm gacha barcha yon shoxlar olib tashlanib, hoʻl latta bilan tozalanadi. Kurtaklar hosilga kirgan, nav xususiyati yaxshi, sogʻlom daraxtlarning kun salqin vaqtda ke-silgan qalamchalaridan olinadi. Qalamchadagi barglar 0,5—1 sm band qoldirib kesiladi. Tayyor qalamchalar payvandlash vaqtigacha hoʻl chipta, poxol qabilarga oʻralib, salqin joyda saqlanadi. Payvandlash usuli: payvandtag poʻstlogʻi yogʻochlik qismigacha 3 sm uzunlikda "T" shaklida payvandlash pichogʻi bilan tilinadi, soʻngra poʻstloq sal ochiladi, bu joyga bir oz yogʻochlik qismi bilan kesib olingan kurtak oʻrnatiladi va chipta, polietilen plyonka bilan bogʻlanadi. Payvandlash ishi tugagach, koʻchatzor qondirib sugʻoriladi. Ulangan kurtaklar 15—16 kunda tutadi. Tutgan kurtakdagi barg bandi tushgan boʻladi yoki barmoq bilan sal tegilsa, tushib ketadi; tutmaganda barg bandi qurib, kurtak poʻstlogʻi burishib qoladi. Bunday holda payvandtagning qarama-qarshi tomonidan qayta payvandlanadi. Payvand toʻtib ketgach, kurtak ulangan joydan yuqorisi erta koʻklamda kesib tashlanadi. Vaycha payvand ham kurtak payvandga kiradi, bu usulda asosan, yongʻoq, anjir, pekan payvandlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin