Kolba- Kolorado qo`ng`izi- Kombayn- don yig`adigan murakkab mashina. U bir qancha mexanizmlardan iborat bo`lib, mexanizmlar uyg`un ishlaydi va har birining o`z vazifasi bor. Kombayn boshoqni o`radi, o`sha yerda g`allani uyumdan ajratib oladi, boshoqarni yanchib donini ajratadi, poxol va somonlarni uyum qilib dalada qoldiradi yoki dalaga sochadi.
Kombinat- Kometa-(yunoncha kometes — uzun sochli degan ma`noni bildiradi) — Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga Qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida "dum" chiqaradi (baʼzan bir necha "dum" chiqarishi ham mumkin). Odatda, kometaning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5—10 ta kometa kashf etiladi. Quyosh atrofida aylanish davrlari ularning orbitalari choʻzikligiga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ularning Quyoshga yaqinlashishi bir necha yildan ming va undan ham ortiq yilda toʻgʻri kelishi mumkin. Katta tezlikka ega boʻlgan K.dan baʼzilari sayyoralar bilan toʻqnashishi ham mumkin. Masalan, Oy sirtidagi kraterlarning kelib chiqishida kometaning ham "xizmati" bor. Kometa bosh va dum qismlarga ajratilib tekshiriladi. Kometa hali Quyoshdan uzoqda boʻlganda uning suv, ogʻir elementlar, gaz-changlardan tashkil topgan muzlagan yadro qismigina kuzatiladi. Hamma kometada ham dum boʻlavermaydi. Dum boʻlish-boʻlmasligi kometaning Quyoshdan uzoq-yaqinligiga, massalariga, ob-havoning tiniqligi va boshqalarga bogʻliq. Kometalarni tekshirish natijasida ularning yadrolarini juda mayda qattiq moddalar — temir, kalsiy, nikel, natriy, magniy, kremniy, marganets va moʻzlagan turli gazlar (SN4, NH4, N2O, SO2) aralashmasidan iboratligi aniqlangan. Kometalarning kelib chiqishi haqidagi koʻplab nazariyalar ichida hozir qabul qilingan nazariyaga muvofiq, ular Quyosh sistemasidagi sayyoralarning hosil boʻlishi davrida gaz-chang qoldiqlaridan paydo boʻlgan. Hozirgacha mingdan ortiq kometa qayd qilingan, baʼzilari bir necha martalab kuzatiladi.
Kompas-(lotincha com- — „ham-, birga“ va passus — „yoʻl“, „qadam“, „hamqadam“, „yoʻldosh“ degan ma`nolarni bildiradi) yo`l ko`rsatuvchi asbob bo`lib, yer sirtining yo`nalishlarini aniqlaydi. Kompas toʻrt dunyo tomonlari — shimol, janub, gʻarb va sharqni belgilaydi. Baʼzan kompasda bu tomonlardan tashqari darajalar ham chizilgan boʻladi. Bunda shimol 0°, keyin soat yoʻnalishi boʻylab: sharq 90°, janub 180°, gʻarb esa 270° ga mos keladi. Ushbu darajalar azimutni koʻrsatishga xizmat qiladi. Kompasning bir necha xil turi vavjud. Bular orasida magnitli kompas eng qadimiysidir. Uning asosiy kamchiligi shuki, hamma vaqt magnit va geografik qutblar yoʻnalishlari farqini hisobga olish kerak boʻladi. Qutblarda uni ishlatib boʻlmaydi. Magnit kompas Xitoyda, Han sulolasi davrida ixtiro etilgan, uni avvalboshda "qimmatbaho toshlar topish va uy qurish uchun joy aniqlashda" ishlatishgan. Keyinchalik kompasdan Xitoy harbiylari dengiz va quruqlikda yoʻl aniqlash va xarita chizish uchun foydalana boshlashgan. Kompas Xitoydan Yevropaga Eron orqali kirib kelgan. Kompas dengizda suzishda, aviatsiya, geodeziya, topografiya, kon va harbiy ishlarida qoʻllaniladi.