Kosonsoy suv ombori- Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati hududida joylashgan gidrotexnika inshooti. Fargʻona vodiysidagi dastlabki suv omborlaridan biri bo`lib, vodiyning shimoli-sharqida (Namangan shahridan 50 km shimoli-gʻarbda) barpo etilgan. Kosonsoy daryosi rejimini tartibga solish, sel suvlarini toʻplash maqsadida Kosonsoy vodiysining toraygan Oʻrtatoʻqay botigʻida barpo etilgan. Qurilish 1941-yilda boshlanib, 1948-yilda suv ombori foydalanishga topshirildi, 1955-yilda batamom tugallangan. Kosonsoy suv omboriga balandligi 60 m, uzunligi 290 m bo`lgan toʻgʻon qurildi. Kosonsoy suv omborining uzunligi 5,2 km, chuqurligi 20,6 m. Kosonsoy suv ombori suvi bilan Namangan viloyati Chust, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari va Kirgʻizistonning Oʻsh viloyati Olabuqa tumani ekinzorlari sugʻoriladi. Suv toʻplash dekabrdan iyulgacha davom etadi.
Kovak- Krapiya baliq- Kraxmal-(nemischa kraftmehl) — oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Kaxmal fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tugunagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida dovachalar shaklida to`planadi. Odam va hayvonlar uchun oʻsimlik kraxmali qimmatli oziq modda hisoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, va boshqa tarkibda kraxmal bor. Sanoatda kraxmal, asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kraxmal oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi.
Kril baliq- Kuchukcha- Kukun- Kulrang echkiemar- Kulrang g`oz- Kumush-(lotincha Argentum — oq kukun degan ma`noni bildiradi), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Kumush qadimdan maʼlum. Yer po`sti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Toza Kumush chiroyli oq metall. Kumush yumshoq, cho`ziluvchan bo`lganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi nafis varaqlar tayyorlash mumkin. Odatdagi sharoitda suv va nam havo taʼsiriga chidamli. Ko`pgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kumush, asosan, tarkibida kumush va qo`rg`oshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-ro`zg`or buyumlari, laboratoriya idishlari ishlab chiqarishda, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. Kumush buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, yaʼni tarkibida 87,5% kumush va 12,5% mis bo`lgan qotishma ishlatiladi.
Kun- Yerning Quyoshga nisbatan toʻla aylanish davri. Bir kecha-kunduzga teng boʻlgan vaqt, sutka. Davomiyligi 24 soat bilan oʻlchanadi. Bu vaqt ikki xil — haqiqiy Quyosh sutkasi (HQS) va oʻrtacha Quyosh sutkasi (OʻQS) deyiluvchi oʻlchovlarga ega. HQS ikkita ketma-ket keladigan haqiqiy tush (yoki haqiqiy yarim kecha) vaqtlari orasidagi vaqt bilan oʻlchanadi.