Laboratoriya- Laqqa (somb) baliq-(Silurus glanis) - laqqalar oilasiga mansub baliq. Boʻyi 5 m gacha, ogʻirligi 300 kg cha bo`ladi. Tanasi tangachasiz. Orqa suzgich qanoti kichik, ogʻzi keng . Pastki jagʻi uzunroq bo`lib 3 juft mo`ylovi bor. Orqa tomoni zaytun tusda, ost qismi (qorni) esa oq rangda bo`ladi. Laqqa Yevropadagi koʻl va daryolarda yashaydi. Oʻzbekiston daryolarida ham uchraydi. Ular 4—5 yilda voyaga yetadi. Bahorda yoki yoz boshida suv tubidagi uyasiga 480 mingtacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi tuxumlarini qoʻriqlaydi. Umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi.
Laqqa baliq-somsimonlar oilasiga kiruvchi baliq. Tanasi tangachasiz, og`zining atrofida bir necha juft mo`ylovi bo`ladi. Tishlari jag` suyaklari bilan dimog` suyagiga joylashgan, orqadagi suzgich qanoti kichkina, ko`kragidagi suzgich qanotlari tikanli bo`ladi. Laqqa baliqlar juda turli-tumandir. Ba`zilarining bo`yi 5 metrgacha, og`irligi 300 kg ga borsa, boshqalari 2-3 sm va bir necha gramm keladi. Ular Janubiy va Markaziy Amerikaning, Afrika va Osiyoning iliq iqlimli, chuchuk suvli daryo va suv havzalarida yashaydi. Dengizning sho`r suvlari va sovuq suvlarda deyarli uchramaydi. O`zbekistonda laqqa baliqlar Orol dengizining qirg`oqlari yonida, ko`llarda va daryolarning o`zanida hayot kechiradi, ko`pincha suvning chuqur joyida bo`ladi. Mayda baliqlar va suvdagi mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Laqqaning ustki tomoni yashil-qora, osti oq bo`ladi.
Lasetti- Laylak-(Ciconidae) — uzun oyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 17 turni birlashtirgan 11 urugʻi bor. Asosan, tropik, subtropik va mo`tadil mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda oq laylak va qora laylak uchraydi. Oq laylakning tumshugʻi va oyoqlari qizil, pati oq, qanot patlari qora. Vazni 4 kg gacha bo`ladi. Qora laylak oq laylakka qaraganda kichikroq. Laylak yalangliklarda, togʻlarda va aholi punktlariga yaqin yer larda yashaydi. Uyasini daraxtlarga, qoyalarga va minoralar tomiga quradi. 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Ikkala jins ham tuxumini 30 kuncha galma-galdan bosadi. Laylak baqa, kaltakesak, sichqon, hasharot va boshqa bilan oziklanadi. Markaziy va Janubiy Afrikada, Janubiy-Gʻarbiy Osiyo va Gʻarbiy Xitoyda qishlaydi. Hozirgi laylakning soni kamayib ketgan.