Insonning ma'naviy komolotida falsafiy dunyoqarashning ro‘li



Yüklə 45,96 Kb.
səhifə2/3
tarix13.05.2023
ölçüsü45,96 Kb.
#112806
1   2   3
Insonning ma\'naviy komolotida falsafiy dunyoqarashning ro‘li

Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta'limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.

  • Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta'limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.

  • Ba'zi ta'limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar.

  • Falsafaning o‘z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo‘ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha mushkul bo‘lgan, biroq 20-asr mobaynida «falsafa»ni ta'riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi»

Dunyoqarash
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniyfalsafiyilmiy bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarash da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. 
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash , muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. 
Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida o’ziga xos in‘ikosi bo’lib, u insonning dunyoni va o’z-o’zini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko’nikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni ma‘lum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy o’zlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko’rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi o’z o’rni va rolini belgilashi hamdir.
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning o’ziga xos dunyoqarashi bo’ladi. Shunga ko’ra dunyoqarash o’ziga xos alo-hida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy o’z-o’zini anglash sifati-dagi o’ziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning o’z hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosa-batlarining ifodalanishidir. Shunga ko’ra dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bo’lmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta o’zlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning o’ziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, ya‘ni olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat.
Dunyoqarash bir butun uyushma bo’lib, o’zida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos bo’ladi. Dunyoqarashning 3 ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qo’yidagilardan iborat:
Dunyoni his qilish;
Dunyoni tasavvur qilish;
Dunyoni tushunish.
Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqarashning turli shakllarida turli tarzda o’z ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni id-rok qilish deymiz. Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi.
Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud:
1. Aqliy (aql),
2. Hissiyot (hissiy).
Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» turlicha bo’ladi. Shuningdek, ularning his-tuyg’ularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qat‘iy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham o’z ichiga oladi. hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik komponentidan iborat emas va aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuyg’ulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-tuyg’ulariga asoslanadi va aksincha.
Dunyoqarashning 2 ta darajada namoyon bo’ladi:
1. Kundalik ong;
2. Nazariy ong.
Dunyoqarash integral tuzilma bo’lib, uning barcha eleme-ntlari o’zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida eng asosiy o’rinni umumlashtirilgan bi-limlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik katta bo’lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.
Umuman, dunyoqarash - bu kishilarning faqat dunyo to’g’risidagi hozirgi aniq tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yig’indisidan iborat bo’lmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, butun qadriyatlar sistemasini ham, o’tmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning mo’ljallarini ham o’z ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, o’zida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini mo’ljallashi yoki rad qilishi, ularning axloqiy yurish-turish me‘yorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha bo’lgan hamma ma‘naviyliklarni mujassam-lashtirgan bo’ladi. Dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid ma‘naviylik bilan bahramandlik, kishilarning insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, o’z taraqqiyotida nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash kabi xususiyatlar ham bo’ladi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu o’z navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy o’zlashtirishining o’zgarib bo-rishi bilan uning ongidagi in‘ikos bo’lgan dunyoqarash ham o’zgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bo’lib boradi.
Shunday qilib dunyoqarash-bilim va baho; aql va his-tuyg’u, dunyoni tushunish va uni his qilish, aql-farosat bilan isbotlash va ishonch, e‘tiqod va e‘tiqodsizlik, shaxsiy va ijtimoiy, individual va ommaviy, an‘anaviy va noan‘a-naviy (ijodiy) fikrlashning murakkab qarama-qarshi to-monlarining yig’indisidir.
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor:
a) mifologik dunyoqarash;
b) diniy dunyoqarash;
v) falsafiy dunyoqarash.
Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir.
Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lgan insonning dunyoni tushunishining o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda o’z ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir.
Har bir xalqda o’zining uzoq tarixiy o’tmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida g’ayritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq og’zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo’lishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda o’ziga xos adabiy asarlarda o’z ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, qirg’iz xalqining eposi «Manas»ni, o’zbek xalqi eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda o’sha xalqlarning o’t-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayoti, ularning madaniyati, urfodatlari, an‘analari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari o’z ifodasini topgandir. Bir so’z bilan aytganda, bunday yodgorlik-larda ifodalangan rivoyat va afsonalarda qadimgi jamiyat xalqlari dunyoqarashining shakllanishi o’ziga xos ko’rinishda o’z aksini topgan.
Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bo’lishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyo-dagi predmet va hodisalarning o’zaro bog’lanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bag’ishlangandir.
Afsona va rivoyatlarning ikkinchi xillari esa insonning paydo bo’lishi, uning yashashi, insonning dunyodagi o’rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashi, uning ma‘naviy kamoloti sari intilishlari, nihoyat, insonning o’limi va shu kabi muammolarga bag’ishlangan.
Umuman, rivoyat va afsonalar o’z tematikasi jihatdan xilma-xil va rang-barangdir. Lekin bu rivoyat va afsonalar, baribir qanday mavzuga, qanday sohaga oid bo’lmasin, ular mifologik ong darajasidagi qadimgi dunyoqarashning asosiy shakli-mifologik dunyoqarashni ifodalagan. Bu dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining o’zlaricha o’sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan. Birinchidan, bu dunyoqarash ma‘lum xalqning, ma‘lum ijtimoiy jamoaning umumiy qarashlarining shakllanishi bo’lgan bo’lsa, ikkinchidan, bu dunyoqarash o’zida jamiyatning ma‘lum ma‘naviy, madaniy qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqalar) mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va jamiyat-ning, olam va odamning bir butun borlig’ini umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, insonning ichki ma‘naviy dunyosining manzarasi, garchi hali chuqur bo’lmasa ham, o’zining dastlabki ifodasini topadi.
Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy tipi diniy dunyoqarashdir.
Diniy dunyoqarashning asosiy va hal qiluvchi belgisi-ilohiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosining Xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e‘tirof etish, Xudoga, ruhlarga sig’inishdan iboratdir.
Diniy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o’zidan emas, balki tabiatdan tashqari sabablar, xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy kuch-larning ta‘siri, mo’‘jizaviy kuch bor, deb pisanda qiladi.
Umuman din o’ziga xos dunyoqarash bo’lishi bilan birga, u murakkab ma‘naviy tuzilma sifatidagi ijtimoiy-tarixiy hodisa hamdir.
Din ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatda muayyan ij-timoiy vazifalarni ham bajaradi. Dinning ijtimoiy vazifalarini aniqlash va tushunish, birinchidan, uni xayoliy mushohaza sifatida gnoseologik baholashga, ikinchidan, di-niy e‘tiqodlarni zaruriy ravishda keltirib chiqargan ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. Bu shuni ko’rsatadaki, biron jamiyatning dinga ehtiyoji, eng avvalo, kishilarning o’zlarining amaliy ojizligi, chorasizligini xayolan qondirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, dinning kishilarni xayoliy taskin toptirish vazifasi kelib chiqadi. Uning kishilar ko’ngliga dalda berishi, ularni sabrli, qanoatli qilishi, ularni azob-uqubatlardan qutqarishi, qiyinchiliklarni bartaraf etishda ruhiy madad bo’lish vazifasi ham bor. Bu dinning xayoliy-kompensatorlik vazifasi deyiladi.
Din axloqiy me‘yor va ko’rsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini tash-kil etadi. Din shu bilan birga, bir dindagi va turli dindagi kishilar o’rtasida ma‘lum munosabatlar va aloqalar o’rna-tishda ham muhim rol uynaydi. Bu dinning kommunikativ vazifasidir.
Din, bundan tashqari, diniy ta‘limotlar umumiyligini mustahkamlash uchun kurash ham olib boradi. U ko’p hollarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatalarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda dinning integ-rativ vazifasi o’z ifodasini topadi.
Xullas, din ko’p vazifali, ko’p rejali, ko’p tomonli hodisadir. U jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos qonuniyatlari asosida paydo bo’lgan, shuning uchun uning mohiyati va taq-dirini ham ayni paytda ijtimoiy jarayonlar belgilaydi.
Hozirgi kunda fan va texnika yuksak rivojlangan bir sharoitda, g’ayritabiiy kuchlarning mavjudligi g’oyalari tobora zaiflashayotgan bir sharoitda, dinning, diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning butun dunyodagi turli mamla-katlar va regiondagi xalqlarning ijtimoiy ongiga o’tkazayotgan ta‘siri hamon yuqoridir. Bu, o’z navbatida, dinning «inson dunyosi»da hozirgi insonlar uchun juda zarur bo’lgan insoniyatning boy hayotiy tajribalarini o’ziga xos aks ettirishi bilan, o’zida emotsional-hissiy obrazlarga asoslangan tasavvurlar va kechinmalarni, hayotiy me‘yorlarni, axloqiy ideallarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlab kelishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’tmishda din kishilarni ma‘naviy jihatdan yuksal-tiruvchi, ularning ma‘naviy kamolotida o’ziga xos katta rol o’ynab kelgan. Bundan tashqari, u insoniyat ma‘naviy madaniyatining ham ma‘lum bir qismini tashkil etgan. Shuning uchun dinni ijtimoiy hayot bilan bog’lab, ma‘naviy hodisa sifatida o’rganish, izohlash va tushuntirish lozim.
Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, diniy duny-oqarash falsafiy dunyoqarash bilan cham-barchas bog’liqdir. Ular dunyoqarash-ning shakllari sifatida o’zaro umumiy birlikka ega bo’lib, uning turli ijtimoiy-tarixiy tiplari sifatida bir-birlaridan tubdan farq ham qiladi. O’zining insoniy tash-vishlarga, ishonch va umidlarga, faqatgina e‘tiqodga ustun darajada e‘tiborini qaratuvchi diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash insonning dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi intellektual tomonlariga ko’proq e‘tibor beradi.
Dunyoqarashning uchinchi tarixiy tipi falsafiy dunyoqarashdir. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyo-qarashlardan farqli o’laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir.
Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishi-larga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta‘kidlaydi.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash butun mavjudot-organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o’simliklar va hayvonot dunyosi ham, doimo harakatda, o’sish, o’zgarish va rivojlanishdadir deb tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar ob‘ektiv olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim aloqadorlikda, ta‘sir va aks ta‘sirda ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda o’zgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo’ladigan o’zgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlardagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda to’xtovsiz ro’y berib turadigan muhim o’z-garishlar natijasida kishilarning ob‘ektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Ho-zirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi tufayli inson bilim-lari doirasi behad kengayib, mazmunan chuqurlashib va murakkablashib borayotgan-ligi bunga yaqqol misoldir. Bino-barin falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Yüklə 45,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin