Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Aniqlik sinfi 
- yo`l qo`yilgan, yig’ma, nisbiy xatoliklar o`lchovining yuqori 
chegarasiga nisbatan aniqlanadi. 
O`lchashlar o`z aniqliklari bo`yicha uch klass o`lchovlarga bo`linadi: juda 
aniq, yuqori aniqlikdagi va texnik o`lchovlar. 
Juda aniq
- bu etalon o`lchovlar bo`lib, maksimal imkoniyat darajasidagi 
aniqlikda o`tkaziladi. 
Yuqori aniqlikdagi
- noaniqliklari berilgan qiymatlardan oshmaydigan 
o`lchovlar. Bu klass o`lchovlar juda ma`suliyatli eksperimentlarda, o`lchov 
asboblari esa nazorat - tekshirish tajaribalaridan o`tkazilganda ishlatiladi. 
Texnik o`lchovlar
- o`lchov vositalarini aniqlik klasslari bo`yicha olib 
boriladigan o`lchovlar. 
Bundan tashqari 
absolyut o`lchovlar
(o`lchanayotgan kattaliklarning 
birligida) va 
nisbiy o`lchovlar
(o`lchanayotgan kattaliklarni solishtirish uchun qabul 
qilingan bir xil nomdagi kattaliklarga nisbati) olib boriladi. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ko`p jihatdan o`lchash aniqligiga 
bog’liqdir. Tajribadagi xatoliklar, ularning kattaliklari va xarakteriga ko`ra sezilarli 


83 
oqibatlarga: olingan qonuniyatlardagi tushunmovchiliklarga va noto`g’ri 
xulosalarga olib kelishi mumkin. 
 
3.
 
O`lchashdagi xatoliklar tasnifi (klassifikatsiyasi) 
Ilmiy tadqiqotlarni o`tkazish odatda eksperimental ma`lumotlarga 
asoslanadi, shuning uchun izlanish yo`nalishiga bog’liqmas ravishda
eksperimentning berilgan aniqligini olish yo`llarini bilib olish zarur. 
Eksperimentator, bunda quyidagi ketma - ketlikka rioya qiladi: avvalo 
rejalashtirishni amalga oshirish, keyinchalik jihozlar va o`lchov asboblarini olish; 
sinovni o`tkazish, va eng so`ngida tahlilni bajarish va hisobotni tuzish. Jihozlarni 
tanlashdan oldin, xatoliklarning tahlilini o`tkazish va uning natijalariga bog’liq 
ravishda kerakli aniqlik klassidagi asboblardan foydalanish zarur bo`ladi. 
Eksperimentlar uchun sarflar ko`pchilik hollarda o`lchov natijalarining talab 
qilinayotgan aniqliligiga bog’liq bo`ladi, shuning uchun aniqlik darajasiga
asoslanmagan yuqori talablarni qo`yish maqsadga muvofiq emas. Shu bilan birga
xatoliklarni tahlilini hisobga olmaslik natijalaridagi noaniqlikka olib keladi va 
barcha o`lchovlarni yo`qqa chiqarishi mumkin. Eksperimentlardagi noaniqlik
xulosalardagi xatoliklarga va noto`g’ri nazariy xolatlarga xam olib keladi. 
Shuning uchun, eksperementlarni o`tkazish bilan bo’liq nazariy masalalarni 
tadqiqot qilishda xatolik va noaniqliklarni o`rganish muximdir. Barcha 
eksperimentlarning natijalarida juda kichik yoki sezilarli xatoliklar bo`ladi. 
O`lchashlarni bajarishda uch ko`rinishdagi xatoliklar uchrab turishi 
mumkin: 
1. Asosiy sezgir element 
o`
lchanayotgan kattalikni noto`g’ri k
o`
rsatadi.
Misol uchun, termopara ulangan joyi korroziyaga uchragan va ulash joyining 
harorati atrof muxit haroratidan farq qiladi. Bu ko`rinishdagi xatoliklar o`lchov 
vositalarini buzilganda sodir bo`ladi va ularni tez aniqlash imkoniyati bo`lmaydi. 
2. Indikatorni sezgir elementning ta`sirini to`g’ri k
o`
rsata olmasligi
. Misol 
uchun, selenli fotoelement o`zining eskirish jarayonida, spektrli sezgirligini 
o`zgartiradi, natijada ish joylarini yoritish, lyuksmetrda o`lchanganda, xar qaysisi 
o`zaro farq qiladi. O`lchov asbobining kalibrovkasi yoki graduirovkasini buzilishi, 
uni etalon bilan solishtirganda aniqlanadi va odatda rostlash orqali yo`qqa 
chiqariladi. 
3. Kuzatuvchida, asbob k
o`
rsatishining to`g’ri qayd qilish qobiliyatini 
y
o`
qligi
. Misol uchun, operator ko`rsatkichlarni profilometrning boshqa shkalasi 
orqali ko`chirib olishi mumkin. 
Bu, uch manba xatoliklarni asosiy ikki klassga bo`linishiga olib keladi: 
tasodifiy va tizimli.
33
Har qanday o`lchashlardagi yig’ma xatolik, turli nisbatdagi 
ushbu ikki klass xatoliklardan iborat bo`ladi. Xar bir xatolikni nisbiy kattaligi 
foydalanilayotgan asbobga va eksperimentni o`tkazish shart-sharoitiga bog’liq 
bo`ladi. 
33
Engineering Metrology and Measurements/ Hozef A. Gandhi. Darshan Institute of Engineering & Technology, 
Rajkot . p.1.21 


84 
Tasodifiy xatolik
- bir kattalikni ketma-ket o`lchashlarida kuzatiladigan turli 
natijalarda xosil bo`ladi. Misol, detalning diametrini mikrometr yordamida 
o`lchashda 

50, 

49,99, 

49,98, 

50,01 
mm
olingan bo`lishi mumkin. Bu 
tasodifiy xatolik asosida erishilgan. Partiya detallarida ishlov berilgan o’lchamlarda 
hosil bo`ladigan tasodifiy xatoliklar normal taqsimot qonuniga, ya`ni Gaussning 
grafik tasviri asosida tahlil qilinadi. 
Tizimli xatolik
- bunda ketma-ket o`lchovlarning o`rtacha qiymati, ma`lum 
bo`lgan aniq qiymatdan farqlanadi va ketma-ket o`lchovlarning qaytarilishi soniga 
bog’liqmas ravishda farqlanishi davom etadi. Misol: detallarga ishlov berishda 
aniqlikka ko`p omillar ta`sir etadi. Bunday omillarning ayrimlari doimiy yoki 
o`zgaruvchan xarakterga ega bo`lgan tizimli xatoliklarni keltirib chiqaradi. Agar 
partiya detallarining ichki tsilindrik yuzasiga razmerida xatoligi bor kesuvchi asbob- 
masalan razvyortka bilan ishlov berilgin bo`lsa bunda doimiy xarakterga ega bo`lgan 
tizimli xatolikka yo`l qo`yilgan bo`ladi.
Ishlov berish jarayoni davom ettiriladigan bo`lsa, keyingi partiya detallariga 
ishlov berishda razvyortkaning kesuvchi qirralari emiriladi va jarayon intensivlashib 
boraveradi. Shu bilan birga ishlov berilayotgan diametr kichrayib boraveradi. 
Bunday xatolik ham tizimli xatolik bo`lib hisoblanadi, lekin o`zgaruvchan 
xarakterga ega bo`lgan tizimli xatolik deb ataladi. 
Demak tizimli xatolikka yo`l 
qo`yish aniq qonuniyatga bo`ysungan holda ro`y beradi.
Tizimli xatolikka olib 
keluvchi omillarga: ishlov beruvchi dastgoh xatoligi, kesuvchi asbob, moslamalar 
xatoligi, detallarning kesuvchi asbob va dastgoh detallarining kesish kuchi ta`sirida 
deformatsiyalanishi kabi omillar kiradi.
34
34
Engineering Metrology and Measurements/ Hozef A. Gandhi. Darshan Institute of Engineering & Technology, 
Rajkot . p.1.23 


85 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin