Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

o`lchov asboblari va 
qurilmalari. 
O`lchov asbobi
- bu o`lchash vositasi bo`lib, o’lchanadigan fizik kattalik 
haqida belgilangan diapazonda ma`lum bir qiymatni olish uchun ishlatiladi 
(mikrometr – o`lchov razmerining aniqligini o`lchaydi). Ko’pincha 
o’lchash asbobi
deb o’lchash axborotini operator bevosita qabul qilib olishi mumkin bo’lgan shaklda 
ishlab chiquvchi asbobga aytiladi.
Ular axborot berish usuli bo`yicha 
ko`rsatuvchi va qayd qiluvchi
asboblarga 
bo`linadi. Qayd qilish analog va raqamli ravishda olib boriladi.
O`lchash usuli bo`yicha 
to`g’ridan-to`g’ri o`lchaydigan asboblar va 
qiyoslash yo`li bilan o`lchovchi asboblarga
bo`linadi. To`g’ridan-to`g’ri 
o`lchaydigan asboblarga misollar - detal uzunlik o`lchovini o`lchov asbobi 
yordamida to`g'ridan to`g'ri o`lchash mumkin, yoki manometr, ampermetr va 
boshqalar. Qiyoslash yo`li bilan o`lchovchi asboblar fizik kattalikni oldindan 
qiymati aniq bo`lgan kattalikka qiyoslab o`lchaydi. Masalan, teng yelkali tarozi, 
elektrko`prik, chiziqli o`lchamni o`lchovchi optik komparator yoki yuza g'adir-
budurligini kontakt usulida mexanik deformatsiyani elektr energiyasining o`zgarishi 
orqali qiyoslama o`lchash.
Ko`rsatgichlarni tasvirlash shakli bo`yicha asboblar 
analogli va raqamli 
o`lchov asboblariga 
bo`linadi. Analogli asboblarda chiquvchi signal yoki 
ko`rsatgich uzluksiz funktsiya tarzida bo`ladi. Raqamli asboblarda ko`rsatgichlar 
raqamli shaklda bo`ladi.
32
Engineering Metrology and Measurements/ Hozef A. Gandhi. Darshan Institute of Engineering & Technology, 
Rajkot . p.1.14 


79 
Qo`llash usuli va konstruktiv bajarilishi bo`yicha o`lchovchi asboblar 
statsionar, shitdagi, paneldagi va ko`chma
bo`ladi.
Boshqa xususiyatlarga 
ko`ra summalovchi (yig’uvchi) va integrallovchi 
asboblarga
bo`linadi. Summalovchi (yg’uvchi) asboblar har xil kanallar orqali unga 
keladigan ikkita yoki bir nechta kattaliklardan funktsional bog’liqdir. Masalan, bir 
nechta generatorlar quvvatini o`lchovchi vattmetr. Integrallovchi asboblarda 
o`lchanayotgan kattaliklarni boshqa kattalik bo`yicha (masalan, vaqt bo`yicha) 
integrallab o`lchash amalga oshiriladi. Masalan, elektrik schyotchik, planimetr.
O`
lchov qurilmasi (stend)
- asosiy va yordamchi o`lchov vositalarining 
yig’indisi, tekshirilayotgan ob`ektni bir yoki bir necha parametrlarini o`lchash uchun 
ishlatiladi. 
Noelektrik kattaliklarni o`lchash uchun elektrik asboblarning asosiy 
ko`pchiligi o`z ichiga datchik va o`lchash qurilmasini oladi. 
O`lchash qurilmasi o`z navbatda 
manba, kuchaytirgich (birlamchi signalni 
kuchaytirish zarur bo`lganda)va ko`rsatuvchi yoki qayd qiluvchi asbobdan, ya`ni
o`lchagichdan
iborat bo`ladi. Masalan, qishloq xo`jalik mashinalari ishchi 
organlariga ta`sir etadigan kuchlarni o`lchashda tenzometrik qurilmalardan 
foydalaniladi. Ishchi organ stoykalariga yoki maxsus tayyorlangan stoykalarga 
tenzodatchiklar elimlanadi, bu datchiklar stoyka deformatsiyalanganda o`z 
uzunligini o`zgartiradi, ya`ni cho`ziladi, siqiladi yoki egiladi. Natijada ulardan oqib 
o`tayotgan tok qarshiligi ham o`zgaradi. Bu o`zgarishlar maxsus kuchaytirgichlar 
(masalan 
TOPAZ
markali) yordamida kuchaytirilib qayd qilish qurilmasiga 
yuboriladi. Ular ushbu o`zgarishlarni plyonkaga yozib oladi (ostsillograflar) yoki 
son qiymatini ko`rsatadi (
MARION
asboblari).
Datchik
-bu, konstruktiv jihatdan tugallangan o`zgartgich bo`lib, ma`lum 
bir kattalikni o`lchash uchun mo`ljallangan (o`zgartish printsipiga bog’lik 
bo’lmagan ravishda) bo`ladi. Ko`pincha datchik o`zgartirish printsipi asosida 
ishlaydi, misol uchun "kuchlanishning tenzometrik datchigi".
 O`zgartirgich
- o`lchayotgan kattalikni (bosim, deformatsiya va
boshqalarni) qabul qiluvchi qurilma bo`lib, u kattalikni elektrik vositalar yordamida 
aloqa yo`llar orqali uzatish, kuchaytirish, o`lchash yoki qayd qilish uchun qulay 
kattalikka o`zgartiradi.
O`lchashga doir signalni uzatish, o`zgartish, ishlov berish va saqlash uchun 
qulay bo`lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo`lmaydigan 
shakldagi signalni ishlab chiquvchi o`lchash vositasi o`lchash o`zgartkichi deb 
ataladi. Inson o`zining sezgi organlari bilan o`lchash o`zgartkichi signallarini qabul 
qila olmaydi. O`zgartiriladigan fizik kattalik— kirish kattaligi, uning
o`zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari
orasidagi bog’lanishni o`zgartkich funktsiyasi qaror toptiradi.
O`lchash o`zgartkichlari o`lchov asboblarining, turli o`lchov tizimlarining, 
biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. O`lchanayotgan kattalik berilgan o`lchash o`zgartkichi 
birlamchi o`zgartkich deyiladi. Birlamchi o`lchash o`zgartkichlari, ko`pincha, 
datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o`lchanayotgan fizik kattalik ta`siridagi


80 
qismi sezgir element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termojuft,
manometrik termometrda tarmoballon ana shunday elementlardir. O`lchov 
asboblari va o`zgartkichlari o`lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli
nomlarga ega bo`ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf
o`lchagichlar, sath o`lchagichlar, gaz analizatorlari, kontsentratometrlar, nam 
o`lchagichlar va hokazo.
Ayrim o`lchov vositalari va o`lchov tizimlaridan tashqari murakkab 
axborot-o`lchov tizimlari ham qo`llanadi. Ular ko`plab texnologik uskunalarda 
avtomatik o`lchashni amalga oshirishnigina ta`minlab qolmay (o`lchov kanallari 
soni ming-minglab bo`lishi mumkin), balki o`lchash natijalarini berilgan 
algoritmlar bo`yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. SHu munosabat bilan 
o`lchash o`zgartkichlarining axborot-hisoblash mashinalari va qurilmalari 
kirishiga keladigan signallarini unifikatsiyalashtirish (bir xillashtirish) zarurati
tug’iladi. Signallarni unifikatsiyalashtirish o`lchov asboblari turlarini minimumga 
keltirish imkonini beradi.
Kuchaytirgich
- o`lchash apparaturasining oraliq elementi bo`lib, u 
datchikdan kelayotgan signalni kuchaytirish uchun mo`ljallangan bo`ladi.
O`lchash 
qurilmasi

noelektrik 
o`lchayotgan 
kattalikning
o`zgartirilayotgan kuchlanishi yoki tok qiymatini qayd qilishga xizmat qiladi. 
O`lchash qurilmasi sifatida odatda, yoki ko`rsatuvchi asboblar (strelkali yoki 
raqamli) yoki qayd qiluvchi asboblar-ostsilograflar va magnitli registratorlar 
ishlatiladi.
O`lchov vositalari o`lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab
 ish, 
namuna 
va 
etalon o`lchov asboblariga
bo`linadi.
Ish o`lchov asboblari
xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida amaliy 
o`lchashlar uchun mo`ljallangan. Ular aniqligi orttirilgan o`lchov asboblariga va 
texnik o`lchov asboblariga bo`linadi.
Namuna o`lchov asboblar
i ish o`lchov asboblarini tekshirish va ularni o`zlari 
bo`yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalon asboblari
fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning
o`lchamlarini namuna o`lchov asboblari orqali xalq xo`jaligida qo`llanadigan
ish o`lchov vositalariga o`tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari
o`lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o`lchov asboblari yordamida boshqa 
o`lchov asboblariga o`tkaziladi.
O`lchash vositalarining ko`rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki 
ularning ko`rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o`lchov vositalari 
ko`rsatishlarini namuna o`lchov asboblarining ko`rsatishlariga qiyoslash taqqoslash 
deb ataladi. 
Eksperimentator quyidagilarni bilishi va uddalashi kerak: 

o`rganilayotgan kattaliklarni to`g’ri o`lchashni bilish; 

o`lchashdagi noaniqliklarni baholash; 

talab qilingan aniqlik bilan tekshirilayotgan kattaliklar qiymatlarini 
aniqlash; 


81 

o`lchash ishlarini optimal sharoitlarda o`tkazish, bunda tashqi faktorlar 
ta`sirini yo`qotishni bilish; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin