72
birliklarning ilmiy tadqiqotlar natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish qurilmalarini
loyihalashda, shuningdek, o’quv-ta'lim ishida qiyinchilik tug’dirayotgan o’lchov
birliklaridagi xilma-xillikka barham berildi.
SI ning avalgi sistemalarga nisbatan muhim afzaliigi shundaki, u universal
o’lchov birliklari birxillashtirilgan hamda asosiy, qo’shimcha va ko’pchilik
hosilaviy birliklarni amaliyot uchun qulay o’lchamlarga mujassamlashtirilgan
sistemadir. SI da yettita asosiy kattalik va shularga mos yettita asosiy (o’lchamlari
maxsus ta'riflar bilan belgilangan) birlik, shuningdek, ikkita qo’shimcha, anchagina
hosilaviy kattaliklar va ularga mos qo’shimcha hamda hosilaviy birliklar bor.
Xalqaro birliklar sistemasining asosiy kattalik va birliklari quyidagilar:
uzunlik birligi -
metr (m),
massa birligi -
kilogramm (kg),
vaqt birligi -
sekund (s),
elektr tok kuchi birligi -
amper (A),
termodinamik temperatura birligi -
kelvin (K),
yorug’lik kuchi birligi -
kandela (kd),
modda miqdori birligi -
mol (mol)
(9.1-
jadvalga qarang).
Har bir fizik kattalik o’lchov birligiga ta’rif berilgan (I-ilovaga
qarang).
O’lchov va tarozilar XIV Bosh konferensiyasi qarori bilan bosim va
mexanik kuchlanish birligi uchun mustaqil o’lchov
Paskal (Pa)
qabul qilingan.
Paskal - kuchga perpendikular bo’lgan 1 m
2
yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuchdan
hosil qilingan bosimga teng.
Bulardan tashqari, xalqaro birliklar sistemasining karrali va ulushli
qiymatlaridan ham keng foydalaniladi. Bunda tegishli birlikning son qiymatini 10
soniga ko’paytirib yoki bo’lib mos holda karrali yoki ulushli birlik hosil qilinadi.
Karrali va ulushli birlik nomi dastlabki birliklar nomlariga old qo’shimchalar
qo’shish yo’li bilan olinadi. Birliklarning dastlabki nomiga ikki va undan ortiq old
qo’shimcha qo’shish mumkin emas. Masalan,
mikromikrofarad
, ya'ni «faradning
milliondan bir ulushidan milliondan bir ulushi» iborasi o’rniga
pikofarad (pF)
ni
ishlatish lozim. Pikofarad 10
12
F ga, ya'ni faradning trilliondan bir ulushiga teng.
Dostları ilə paylaş: