69
Simulink
yordamida haqiqatga yaqinroq nochiziqli modellarni tekshirish
mumkin. Masalan, ishqalanish, havo qarshiligi, mexanizmning siyqalanishi, keskin
to`xtashlarni va boshqa omillarni hisobga oluvchi real hodisalarni tasvirlovchi
modellarni tekshirish mumkin.
Shunday qilib,
Simulink
– bu dinamik tizimlarni modellashtirish,
simulyatsiyalash va tahlil qilish uchun xizmat qiluvchi dasturlar paketidir. Bu paket
uzluksiz vaqtda, vaqt intervalida yoki ikkalasining ham uyg’unligida
modellashtirilgan chiziqli va nochiziqli tizimlarni qo`llab – quvvatlaydi. Bu tizimlar
ko`p tezlikli tizimlar bo`lishi mumkin, ya`ni turli tezliklar bilan tanlangan yoki
yangilangan har xil qismlarga ega bo`lishi mumkin.
Modellashtirish uchun
Simulink
foydalanuvchining grafik interfeysini
ta`minlaydi. Foydalanuvchining grafik interfeysi sichqonning
«click – and – drag»
operatsiyasi yordamida modelning blok–sxemasini shakllantirish imkoniyatini
beradi. Bu interfeys yordamida modellarni qog’oz va qalam bilan chizgan kabi
«
chizish
» mumkin. Bunday imkoniyat oldingi modellashtirish paketlari
imkoniyatlaridan ancha ilgaralib ketgan. Avvalgi modellashtirish paketlari echilishi
lozim bo`lgan differentsial va chekli ayirmali tenglamalar ma`lum tilda yoki dastur
ko`rinishida tasvirlanishini talab qilar edi.
Dostları ilə paylaş: