Institutsional nazariyalarning rivojlanishi tarixi
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy
tadqiqotlar ko’lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon
iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo’nalishlari shakllandi.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarini o’rganishning eng keng tarqalgan
yondashuvlariga ko’ra, ular uchta yo’nalishni o’z ichiga oladi: neoklassika,
institutsionalizm va keynschilik. Biroq, mamlakatimizda mazkur yo’nalishlar –
ayniqsa, institutsionalizm yo’nalishi sohasidagi ilmiy-nazariy, o’quv-uslubiy
jabhalar yaxlit bayon etilgan adabiyotlarni yetarli, deb bo’lmaydi.
Institutsionalizmning nazariy yo’nalish sifatida shakllanishi bevosita klassik va
neoklassik nazariyalar bilan bog’liq. Binobarin, neoklassika tamoyillaridagi
yuqorida ko’rsatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, bozor modelini tuzishga
yo’naltirilgan nazariya – institutsionalizm hisoblanadi. Ushbu nazariyaning
tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o’zaro
hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me’yorlar va qoidalar
turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi
nazariya bo’lib, bozor munosabatlarini tahlil qilishning yangi sohasidir.
Institutsionalizm bugungi kunda iqtisodiyot fanining eng tez rivojlanib
borayotgan yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ko’proq neoinstitutsional
iqtisodiy nazariyaga yoki yanada kengroq qilib aytadigan bo’lsak, neoinstitutsional
nazariyaga yoki neoinstitutsionalizmga taalluqli.
Ilmiy
manbalar
[30,
32,
34,
40,
41,
47]
guvohlik
berishicha,
neoinstitutsionalizm chuqur tarixiy ildizga ega. XIX asr oxiri – XX asr boshida
yuzaga kelgan “eski” institutsionalizmning asoschilari bo’lib T.Veblen,
J.R.Kommons va U.Mitchellar hisoblanishadi. Hozirgi zamon iqtisodchilari
ularning ishlaridan bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va
iqtisodiyot fanining an’anaviy usullari yordamida izohlanishi qiyin bo’lgan
jarayonlarni tahlil qilish imkonini beruvchi g’oyalarni topmoqda.
Biroq o’tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo’nalish ancha sust
rivojlangan. Keyinchalik eski g’oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari –
J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner, F.Perru, J.Furastьe, G.Myurdalь va boshqalarning
ishlarida o’z ifodasini topgan.
“Eski” (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan J.Xodjson
boshchiligidagi [55] “kembridj maktabi” olimlarining faoliyati bilan bog’liq.
SHu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub bir qator iqtisodchilar [30,
31] institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug’ullanib, o’z tadqiqotlarida
institutsional yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan.
Institutsional nazariyaning ko’p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda [31,
39, 40, 50, 56] institutsionalizm turli yo’nalishlarining metodologik xususiyatlari
to’g’risidagi fikr-mulohazalarga katta ahamiyat berilgan.
“Eski” institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko’plab umumiyliklar
mavjud – bu institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni
o’rganishga nisbatan evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir.
Umuman olganda ushbu ikkita yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas.
Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko’ra, “eski” institutsionalizm bilan
neoinstitutsionalizm o’rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud1.
1) Agar “eski” institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya muammolarini
jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o’rganishga intilgan holda huquq va
siyosatdan iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga to’g’ridan-
to’g’ri qarama-qarshi yo’ldan borishadi, ya’ni ular o’z tahlilida neoklassik
iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy mikroiqtisodiy usullarni
qo’llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o’rganadi.
2) “Eski” institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, alohida holatlardan
umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator iqtisodchilarning fikriga
ko’ra, umumiy institutsional nazariya yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm
deduktiv yo’ldan borib, neoklassik iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan
ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini izohlashga intilmoqda.
3) “Eski” institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy
e’tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba
uyushmalari va hukumat) xatti-harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi
jamoa a’zosi bo’lish uning uchun foydali ekanligini o’z manfaatlariga amal qilgan
holda hal etuvchi mustaqil individga e’tibor qaratadi.
4) “Eski” institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy
tarzda quyidagicha ta’riflash mumkin: “institutlar birlamchi, individlar
ikkilamchi”. Ushbu holat neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi.
SHu nuqtai nazardan “eski” va “yangi” institutsional maktablarni bir biridan
farqlash lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo’nalishga mansub
olimlarni quyidagicha tarzda tasniflashni taklif qiladi:
“Eski” institutsional maktab: T.Veblen, J.R.Kommons, U.Mitchellar,
Y.SHumpeter, J.K.Gelbreyt, F.Nayt, K.Polani, K.Ayres, G.Myurdalь.
“Yangi” institutsional maktab: R.Kouz, D.Nort, O.Uilьyamson, R.Pozner,
M.Olson, F.Xayek.
J.Xodjsonning fikriga ko’ra [55], agar “eski” maktab darvinizmga asoslanib,
raqobatlashuvchi
institutlar
to’g’risidagi asoslardan foydalangan holda
institutlarning uzoq vaqt mobaynida rivojlanishini ko’rib chiqqan bo’lsa, “yangi”
maktab ijtimoiy darvinizmdan yiroqlashib, o’z tadqiqotlarini metodologik
individualizm nuqtai nazaridan olib bormoqda. SHunday qilib, J.Xodjson “yangi”
maktabni ko’p jihatdan tanqid qiladi. Uning ta’kidlashicha, “yangi” maktabning
nochorligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotlarga jamiyat o’zining “tabiiy
holatida” asos qilib olingan bo’lib, unda qandaydir insoniy munosabatlar mavjud,
lekin institutlarsiz; institutlar urf-odatlar va qoidalar bilan birgalikda paydo
bo’lishi, so’ngra esa insonlar tomonidan qonuniyat sifatida ochilishi hisobga
olinmaydi. Masalan, K.Magner pulning paydo bo’lishi muammosini tadqiq etishni
jamiyatning unda pul mavjud bo’lmagan institutlardan holi bo’lgan holatini tahlil
qilishdan boshlab, so’ngra esa ularning paydo bo’lishiga individual agentlarning
1 Нуреев Р. Институционализм: вчера, сегоднya и завтра. В кн. «Институциональнаya экономика».
Учебное пособие / А.Олейник. –М.: ИНФИМ, 2000. -5-7 б.
oqilona qarorlari natijasi sifatida qaraydi. O.Uilьyamson ham asos sifatida
institutlardan holi makon – institutlarsiz bozorni ko’rib chiqadi, so’ngra esa
transaktsiya xarajatlarini qisqartiruvchi tuzilmalar sifatida firmalarning paydo
bo’lishini tadqiq etgan. J.Xodjsonning fikricha [55], neoinstitutsional olamning
bunday taxmini noto’g’ri, chunki jamiyat azaldan institutsionallashgan. Ushbu
xulosa,
uning
ta’kidlashicha, ko’plab iqtisodchilarning “eski” maktab
institutsionalistlarining g’oyalariga qaytishiga sabab bo’ldi.
SHuni
alohida
ta’kidlash lozimki, “yangi” institutsional maktab,
neoinstitutsional nazariya va yangi institutsional iqtisodiyot – bularning barchasi
bitta narsa emas. “Yangi” maktab, R.Nureevning fikricha, o’z asoslariga ko’ra bir-
biridan farq qiluvchi ikkita so’nggi yo’nalish: neoinstitutsionalizm uchun
neoklassik
nazariya
va
yangi
institutsional
iqtisodiyot
uchun
“eski”
institutsionalizm yo’nalishlariga asos bo’lib xizmat qildi.
Yangi institutsional iqtisodiyot vakillari tomonidan nafaqat ushbu yo’nalish
doirasida, balki boshqa yo’nalishlar doirasida ham tan olinib, keng qo’llanilgan bir
necha nazariya ishlab chiqildi. Bular o’yinlar nazariyasi (J. Fon Neyman,
O.Morgenshtern, J.Nesh) va to’liqsiz oqilonalik nazariyasi (G.Saymon)
hisoblanadi [30]. Yangi institutsional iqtisodiyotning hozirgi zamon ishlanmalarini
frantsuz maktabi iqtisodchilari – L.Teveno, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye va
boshqalar ishlarida uchratish mumkin [30, 31].
Biroq, institutsionalistlarning bahs-munozaralari bir yo’nalishning boshq
yo’nalishdan ustunligini isbotlashga qaratilgan. Bir qator iqtisodchilar, xususan,
T.Eggertsonning ta’kidlashicha2, “faqat vaqt munozaralarda hakam sifatida
ishtirok etishi mumkin. Aynan metodologik ziddiyatlar tufayli J.R.Kommons
boshchiligidagi
eski
amerika
institutsionalistlarining
urinishlari
muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki, 1984 yilda R.Kouz yozganidek, “hech
qanday nazariyaga ega bo’lmagan ular (amerika institutsionalistlari) hali anglab
yetishni talab etuvchi quruq izohli materialdan boshqa hech narsani taklif eta
olishmadi”.
Dostları ilə paylaş: |