metodologik asoslardan voz kechmagan va neoklassikaning “qat’iy negizi”ni
o’zgartirmagan holda jamiyat haqidagi boshqa fanlar – psixologiya, sotsiolgiya,
siyosatshunoslik fanlarining ishlanmalaridan foydalanish imkonini beradi. Bu hol
tahlil sohasini
sezilarli darajada kengaytirib, uni boyitadi va aniqlikka
yaqinlashtiradi.
Neoinstitutsionalizm ikkita umumiy asosdan kelib chiqadi, birinchidan, ijtimoiy
institutlar ahamiyatga ega, ikkinchidan ular neoklassik nazariya vositalari
yordamida tadqiq etiladi. Ushbu ikki taraflama xususiyat
neoinstitutsionalizmni
“eski” institutsionalizm va neoklassik nazariyadan ajratib turadi.
Neoinstitutsionalizm neoklassik nazariyadan insonning ko’paytiruvchi xatti-
harakati va metodologik individualizm tamoyillarini meros qilib olgan holda
o’tgan asrning 50-60 yillarga kelib shakllandi. Neoinstitutsionalizmning ayrim
variantlarida o’yinlar nazariyasidan foydalaniladi. Ayrim neoinstitutsionalistlar o’z
tadqiqotlarida evolyutsion nazariya qoidalariga tayanadi.
Biroq, ularning o’xshashligiga qaramay, neoinstitutsional
va neoklassik
yondashuvlarining metodologik xususiyatlarini belgilab beruvchi bir qator
farqlarni ajratish mumkin.
Neoinstitutsional nazariya ijtimoiy jarayonning real faoliyat ko’rsatuvchi
ishtirokchilari sifatida guruhlar yoki tashkilotlarni emas, balki alohida individlarni
o’rganadi. SHu tariqa tashkilotlar ichida individlar o’rtasida yuzaga keladigan
munosabatlar turli tashkiliy tuzilmalarning mavjud bo’lishini izohlash uchun hal
qiluvchi
omil hisoblanib, neoinstitutsional nazariyani o’rganish ob’ekti sanaladi,
ayni paytda neoklassik nazariyada firma “qora quti” sifatida ko’rib chiqildi.
Firmaning paydo bo’lishi masalalari ham neoklassiklar nazaridan chetda qoldi,
ayni paytda neoinstitutsional yo’nalish vakillarining ko’plab ishlari, shu jumladan
R.Kouz ishlari [30]ning maqsadi “firmaning mavjud bo’lishini izohlash va uning
faoliyati ko’lamlarini belgilab beruvchi sabablarni qidirib topishdan iborat bo’ldi”.
Ta’kidlash lozimki, metodologik individualizm bir
qator jarayonlarni tadqiq
etish uchun ancha jiddiy cheklovlarni belgilaydi. Masalan, davlatni yagona,
uyg’unlashgan tarzda foliyat ko’rsatuvchi, bo’linmas organizm sifatida aniq
tasavvur qilishga to’liq tayangan tadqiqotni amalga oshirish muammoga aylandi;
davlatning maqsadli funktsiyasini ko’paytirishga, individlar
funktsiyalarining
qismi (agregati) hisoblanmaydigan o’ziga xos “ijtimoiy ne’mat funktsiyasi”ga
asoslangan yondashuvlardan foydalanish ham qiyindek tuyuladi. Ikkinchi
tomondan, bunday asos tadqiqot natijasida olinadigan xulosalarning amaliyot
nuqtai nazaridan ahamiyatini yanada oshiradi, chunki ular real ma’lumotlarga
asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: