Institutsional iqtisodiyot


 Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 308,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü308,48 Kb.
#166736
1   2   3   4   5   6
1- мавзу ИИ

5. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari 
O’rganish sohalari va ob’ektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki
neoinstitutsional nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha 
muhim g’oyalar bilan birlashgan yondashuvlar to’plami sifatida namoyon bo’ladi. 
Neoinstitutsionalizmning asosiy yo’nalishlari ichida o’z mohiyatiga ko’ra ko’p 
jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin [30, 37, 
40, 42, 47, 52, 56]:
mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets, R.Pozner, 
S.Peyovich va Ye.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo’ldi; 
transaktsiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilьyamson, D.Nort – iqtisodiy 
tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo’lib xizmat qildi – M.Aoki, 
A.Alchiyan va G.Demsets, S.CHung, M.Jensen va U.Mikling, O.Uilьyamson, 
Yu.Fama; 
ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Bьyukenen, T.Tallok, M.Olson – byurokratiya 
nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolar iqtisodiy 
nazariyasi – G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korruptsiya iqtisodiy 
nazariyasi – E.Kryuger, J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot 
neoinstitutsional kontseptsiyasining davomi bo’ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart, 
T.SHanin, F.SHnayder; 
D.Nortning institutsional evolyutsiya kontseptsiyasi yangi iqtisodiy tarixda o’z 
ifodasini topdi – B.Gustaffson, D.Nort, R.Tomas va b. 


Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov, 
O.S.Suxareva, A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovtseva, A.E.SHastitko 
va boshqalarning ishlarida rivojlantirilgan [31, 34, 40, 41, 43, 48, 51, 56]. 
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan, L.Kosals, 
A.Oleynik, V.Radaev, L.Timofeev, Yu.Latov va boshqalarning ishida o’z aksini 
topgan [41, 47, 52]. 
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o’tilgan yo’nalishlari o’rtasida ko’plab 
farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni 
ajratadi [59]: 
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar va 
shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko’rinishda 
modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko’proq neoklassik modelda 
mulk huquqlarining eng na’munali yo’lidan foydalaniladi. 
Ikkinchidan, to’liq axborot va almashuvning nolь darajali xarajatlari 
to’g’risidagi neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy 
transaktsiya xarajatlarining oqibatlari o’rganilmoqda. 
Uchinchidan, baholanadigan ne’matlarda faqat ikkita o’lchov – narx va sifat 
o’lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy 
natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o’zgarishlarining 
oqibatlari tadqiq etilmoqda. 
Yana bir bor shuni ta’kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to’liq 
shakllanmagan: ta’riflar va atamashunoslik borasida to’liq uyg’unlikka 
erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda 
juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik testlashga katta e’tibor qaratiladi (bu 
ayniqsa o’tish iqtisodiyotidagi jarayonlarni tahlil qilishda, masalan, xufyona 
sektorni o’rganishda, turli ma’muriy to’siqlarning samaradorligini tadqiq etishda 
yaqqol ko’zga tashlanadi). 

Yüklə 308,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin