Institutsional iqtisodiyot


 Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 308,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü308,48 Kb.
#166736
1   2   3   4   5   6
1- мавзу ИИ

6. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda 
yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi 
o’xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida printsipial jihatdan turli 
kontseptsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini 
o’zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika 
nazariyasining «himoya qobig’i» to’g’risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish 
hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy 
imperializm»*ga misol sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz 
kechmagan holda «imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga begana bo’lgan 
omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni 
tushuntirishga 
intilishadi. 
Ikkinchi 
nomlanish, 
aksincha, 
institutlarning 
* Иқтисодий империализм – неоклассик ёндаshув асосида жамиyaт тўғрисидаги фанларнинг 
тарқоқ оиласини умумлаshтириsh. 


neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog’liq bo’lmagan yangi nazariyasini 
yaratishga urinishni aks ettiradi. 
Ronald Kouz «Firma tabiati» (1937), «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) 
kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini 
shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig’i”ga 
quyidagi o’zgartirishlar kiritilgan. 
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat, 
aktsiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni ta’minlashdagi 
nisbiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va shartnoma 
shakllarining keng doirasi ko’rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi 
Mulkchilik huquqlari nazariyasi (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal 
shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana shunday. Bu 
yerda mulkchilik huquqlarining o’rnatilishi va samarali himoyalanishi uchun 
mas’ul bo’lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Bьyukenen, 
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo’lgan konstitutsiyaviy 
iqtisodiyot (V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning 
vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan 
«tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg’unlashtirishdan iborat. 
Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya’ni bitim to’g’risidagi va 
bozordagi vaziyat to’g’risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog’liq xarajatlar 
tushunchasi kiritiladi. Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm 
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaktsiya 
xarajatlari mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi. Transaktsiya 
xarajatlari nazariyasi (R.Kouz, O.Uilьyamson) uchun markaziy bo’lgan ushbu 
atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar 
tushuniladi. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari 
nazariyasini qo’llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort), deb nomlangan 
tarixiy tahlil paydo bo’ldi. 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich o’yinlar nazariyasi 
(J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi umumiy 
muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi. 
Aynan o’yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini 
shakllantirdi. O’yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo’lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo’yicha optimum nuqtalariga mos kelishi shart 
emas; 
v) muvozanat umuman mavjud bo’lmasligi mumkin.
Xulosa 
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining 
jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko’lami yanada kengaydi va 
chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo’nalishlari 
shakllandi. Ular uch yo’nalishdan iborat: neoklassika, institutsionalizm va 


keynschilik. Klassik nazariyaning marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik 
nazariya sifatida namoyon bo’ldi. 
Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan 
barpo etiladigan va o’zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik 
yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo’lib, u bozor munosabatlari tahlilining 
yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o’zaro bog’liqligini tahlil qilishda 
metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular 
institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq 
qiladi. 
Institutsional 
iqtisodiyot 
rivojlanishida 
o’zaro o’xshash nomdagi
neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi 
bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal 
shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Bьyukenen, 
G.Tallok), transaktsiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilьyamson), axborot (J.Stigler) 
nazariyalari, ikkinchi bosqichga o’yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, 
O.Morgenshtern, J.Nesh), G.Saymonning to’liqsiz ratsionallik nazariyasi 
kiritilgan. D.Nort tadqiqotlarida individlarning institutsional doiralarni 
o’zgartirishga qodirligi ta’kidlanadi.
Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq ko’rinishdagi dasturi 
kelishuvlar iqtisodiyoti (L.Tevano, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye)dir. Uni tahlil 
qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar o’rtasidagi o’zaro 
hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi. 

Yüklə 308,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin