Gnoseologiya – falsafada bilish nazariyasi va inson ongida mavjudlik nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lim.
Bilimlar muhandisligi fan sifatida ikkilangan gnoseologiya sifatida ifodalash mumkin! mavjudli (D) avval ekspert (M1) ongida shakllanadi, keyin ekspertning faoliyati va tajribasi bilimlar muhandisi (M2) yordamida ETning bilimlar bazasini tashkil etuvchi bilim (Pz)ga interpretatsiyalanadi. Mavjudlikni bilish jarayoni inson ongida borliqni anglashga yo‘naltirilgan.
D – mavjudlik
M1 – mavjudlikning ekspert modeli
M2 – mavjudlikning bilimlar muhandisi modeli
Pz – bilimlar maydoni
Bilimni olish jarayonida bilimlar muhandisini ET qurish uchun kerak bo‘ladigan ekspertning ayni sohaga oid individual bilimlari bilan bog‘liq komponentalar qiziqtiradi. Bu soha bilimlar asosan emperik kuzatishlar asosida yig‘ilgan bilimlardan iboratligi uchun emperik deb ataladi, ularni qanday qilib umumiylashtirish keying masala. Bilish doimo yangi tushuncha va nazariyalar yaratish bilan bog‘liq. Ko‘pincha muhandis bilan suhbat davomida yo‘l- yo‘lakay” ekspert yangi bilimlarni yaratayotgandek. Bilimlar muhandisi quyidagi metodologik zanjir yordamida ekspert bilimlarini talqin qiladi:
Fakt umumlashgan fakt emperik qonuniyat nazariy qonuniyat Bilim strukturasi 2 qismdan iborat:
emperik (kuzatish, hodisa)
nazariy (qonuniyatlar, abstraktsiya, umumlashma)
Ilmiy bilish kriteriyalari tashkil etuvchilari
Ilmiy bilim kriteriyasi. Nazariya – nafaqat ilmiy bilimlarni umumlashgan qat’iy tizimi, balki yangi bilimlarni ochishning usullari hamdir. Ilmiylikning asosiy metodologik kriteriyalari quyidagilar:
ichki moslik va to‘g‘rilik
tizimlilik
xolisonalik
tarixiylik
1.Ichki moslik va to‘g‘rilik. Bu kriteriya emperik jihatdan bir qarashda ishlamaydigandek. Bilimning to‘liq emasligi predmet sohasini to‘liq tafsiflanmasligi bilan bog‘liq
2.Tizimlilik. Tizimli yondoshuv ixtiyoriy predmet sohasini bir necha o‘zaro munosabatdagi qismlardan tashkil topgan yagona tizim sifatida tahlil etishga yo‘naltirilgan.
3.Ob’ektivlik. Bilish jarayoni chuqur subektiv, demak u o‘rganilayotgan subekt xususiyasiga bog‘liq. Subektivlik faktlarni aniqlashtirilganda paydo bo‘ladi va obektni ideallashtirgan sari chuqurlashib boradi
4.Tarixiylik. Bu kriteriya taraqqiyot bilan bog‘liq. Bugunni anglash – o‘tmishni anglash bilan bog‘liq.