Intellektual tizimlar


Boshqa dasturlar bilan integrasiya darajasiga qarab sinflash



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/99
tarix16.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#114507
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Intellektual tizimlar

Boshqa dasturlar bilan integrasiya darajasiga qarab sinflash. 
Avtonom ET maxsus “ekspert” masalalarni foydalanuvchi bilan bevosita 
maslahatlashib ishlaydi, yechim uchun ananaviy ma’lumotlarni qayta ishlash 
usullari qo’llanilmaydi. 
Gibrid ET dasturiy kompleks bo’lib , ilova dasturlar standart paketlari yig‘ib, 
bilimlarni manipulyatsiya qilish uskunasi. Bu ilova dasturlar paketi uchun 
intellektual sozlash yoki ekspert bilimlar elementiga ega qiyin masalalarni yechishga 
qaratilgan yaxlit muhit. 
Gibrid tizim tashqi qulay ko’rinsada, avtonom ETlarni ishlab chiqarishga 
qaraganda murakkabroq vazifani qo’yadi. Nafaqat turli paketlarni balki turli 
metodologiyalarni birlashtirish butun bir nazariy va amaliy qiyinchiliklarni yuzaga 
keltiradi. 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. 
Sun’iy intellektni ta’riflang. 
2. 
Ekspert tizimi nima? 
3. 
Bilimlar muhandisining vazifalari. 
4. 
ET loyihalanishining instrumental muhitiga nimalar kiradi? 
5. 
Ekspert tizimlarining oddiy dasturlardan farqlari. 
 
II. EKSPERT TIZIMLARI TARKIBI. BILIMLAR BAZASI. 
2.1. Bilimlarni taqdim etish usullari 
ETni asosini Feygenbaum, S. Osuga, R. Forsaytlar qo‘yishgan. Ekspert tizimi 
uning qismlari bilan o‘zining uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi: 
• 
Bilimlar bazasi - BB; 
• 
Mantiq chiqarish mashinasi - MChM; 
• 
Ifodalash ichki tizimi - IIT; 
• 
Bilimlar bazasi tahrirlagichi; 
• 
Bilimlarni egallash (o‘rganish) moduli. 


20 
1. 
ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri bilimlar bazasi tizimini 
qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga 
bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin, shu bilan birga, 
ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat 
faktlar, tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro 
aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi.
Qoida berilgan aniq holatda nima natija kelib chiqishini aniqlaydi va ikki 
qismdan iborat bo‘ladi: bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin bo‘lgan shart va agar 
shart bajarilganda kelib chiqadigan harakatdan iborat. Ekspert tizimida 
foydalanilgan barcha qoidalar tizim qoidasini ifodalaydi, hatto oddiy tizimlar ham 
bir necha ming qoidadan tashkil topishi mumkin. Bilimlarning barcha ko‘rinishi 
predmet maydoni o‘ziga xosligiga bog‘liq va shu yoki boshqa hollarda
loyihachining mahorati (bilimlar muhandisi) adekvatlik darajasi bir yoki bir necha 
semantik modellar yordamida tasvirlash mumkin. Eng keng tarqalgan modellarga 
mantiqiy, mahsuliy, freymli va semantik tarmoqlar kiradi. 
2. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin