Bashorat qilish. Bashorat qiluvchi tizimlar mantiqan joriy holatlardan kelib
chiquvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bashorat qiluvchi tizimda odatda
parametrik dinamik model qo’llanilib, parametrlar qiymati berilgan holatga
moslashtiriladi. Bu modeldan kelib chiquvchi oqibatlar, ehtimolliklar asosida
bashoratlarni tuzadi.
18
Misol: ob-havoni bashorat qilish - WILLARD tizimi;
kelajak hosilini baholash - PI.ANT;
iqtisodiyotda bashorat - YeSON va boshqalar.
Rejalashtirish. Rejalshtirish deganda ma’lum funksiyalarni bajaruvchi
obe’ktga daxldor harakatlar rejasini topish tushuniladi. Bunday ekspert tizimlarda
real ob’ekt larning hatti harakati modelidan foydalanilib, rejalashtirilgan faoliyat
oqibatlarini natija sifatida ko’rsatadi.
Misol: robot faoliyatini rejalashtirish - STRIPS,
ishlab chiqarish buyurtmalarini rejalashtirish - 1SIS,
tajribani rejalshtirish - MOLGEN va boshqalar.
O‘qitish. O‘qitish tizimlari biror fandan o‘quv jarayoni davomida
xatoliklarni aniqlaydi va to‘g‘ri yechimlarni ko’rsatadi. Ular o‘quvchi va uning
xatolari haqida bilimlar yig‘iladi, so’ng ish davomida o‘quvchilarning bilimini
diagnostika qilib, ularni yuqotish uchun zaruriy vositalarni taklif qiladi. Shuningdek
ular o‘quvchi bilan uning muvaffaqayatiga qarab muloqotini rejalashtiradi.
Misol: dasturlash tili Lisp o’rgatish tizimi "Uchitel Lispa";
PROUST tizimi - Paskal tilini o’rgatish va boshqalar.
Real vaqtga bog‘langanligiga qarab sinflash. Statik ET vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan bilimlar bazasi va interpretasiya
ma’lumotlarga ega predmet sohalari uchun ishlab chiqariladi. Ular stabil.
Salom. Avtomobildagi xatoliklarni diagnostikasi.
Kvazidinamik
ET
vaqt
intervallarida
o‘zgaruvchi
holatlarni
interpretasiyalaydi.
Misol. Mikrobiologik ET - texnologik jarayondan bir olingandan 4-5 marta
tajribaliy o‘lchovlar olinadi va olingan ko’rsatkichlar oldingi o’lchash
ko’rsatkichlarga nisbatan dinamikasi tahlil qilinadi.
Dinamik ET real vaqt tizimida ob’ekt datchiklari kelayotgan ma’lumotlarni
interpretasiyasini amalga oshiradi.
19
Misol. Moslashuvchan ishlab chiqarish komplekslari boshqaruvida,
reanimasion palatalar monitoringida va boshqalar. Masalan, G2 dinamik tizimni
ishlab chiqish uchun instrumentariy.