1.8. Ekspert tizimlarni sinflash “Ekspert tizimlar” sinfi hozirda bir necha minglab dasturiy to’plamlarni o‘z
ichiga olib, ularni turli kritetiyalar asosida sinflash mumkin.
Masalani yechishiga qarab sinflash Ma’lumotlarni interpretatsiyalash. Bu ekspert tizimlari uchun ananaviy
vazifalardan biridir. Interpretasiya ostida ma’lumotlar ma’nosini aniqlash
tushuniladi, uning natijasi o’laroq to’g‘rilanadi va moslashitiriladi. Odatda
ko‘pvariantli tahlil nazarda tutiladi.
Diagnostika. Bu ma’lum bir tizimdagi xatolikni aniqlash tushuniladi. Xatolik
- bu normal holatdan og‘ish. Bunday tavsif umumiy nazariy jihatdan texnik
tizimlarda jihozlarning buzuqligidan tortib tirik organizmlarning kasalligi va turli
tabiat anomaliyalarini qurish imkonini beradi. Asosiy xususiyati bu diagnostika
qilinayotgan tizimni funksional strukturasini (“anotamiyasi”) tushunish zarurati
hisoblanadi.
Monitoring. Monitoringni asosiy vazifasi - real vaqtda ma’lumotlarni
uzluksiz interpretatsiyasi va ma’lum parametrlarni belgilangan chegaradan chiqishi
haqida signal berish. Asosiy muammo - xavfli holatni "o‘tkazib yuborish" va
"yolg‘on" xavfli holat haqida signal berish. Bu muammolarning murakkabligi xavfli
holatlarning belgilarini aniq emasligi va vaqtni e’tiborga olish zarurati.
Loyihalash. Loyihalash oldindan aniqlangan xususiyatli “ob’ekt lar”ni
yaratishga tayyorlash. Tayyorlash asboblari sifatida barcha chizmalar, tushuntirish
hujjatlari misol bo’la oladi. Bunda asosiy muammo ob’ekt ni aniq strukturolovchi
bilimlar olishda va “is” muammosi. Unumli loyihalashni tashkillashtirish uchun va
qayta loyihalshda faqat loyihalash yechimlarini shakklantiribgina qolmasdan, balki
ularni qabul qilish sabablarni shakllantirish zarur. Loyihalash masalalarida ekspert
tizimi doirasida bajariluvchi ikki asosiy jarayon bog‘lanadi: yechimni chiqarish
jarayoni va tushuntirish jarayoni.