Intellektual tizimlar


 yilda sun’iy intellekt assotsiatsiyasi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/99
tarix16.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#114507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Intellektual tizimlar

1988 yilda sun’iy intellekt assotsiatsiyasi tashkil etildi. 
Sun’iy intellekt asosan bu informatikaning bir yo‘nalishi hisoblanadi va 
uskunaviy - texnikaviy tizim vositalari asosida insonga o‘xshab fikrlaydigan va har 
xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Intellektual informatsion tizimlarda bilim - bu ob'yektning amaliy faoliyati va 
professional tajriba asosida olingan qonuniyati hisoblanib, mutaxassislarni ushbu 
yo‘nalish sohasida masalalarni yechaolishligi, ya’ni strukturalangan ma’lumotlar 
yig‘indisi hisoblanadi va mantiqiy javob beraoladigan ma’lumotlardir. 
Bilimlar deklorativ va protsedurali (bajarishni aniqlaydigan) turlarga 
bo‘linadi. 
1.6. Ekspert tizimlari (ET) 
Ekspert tizimlari (ET) bilimlarga asoslanadi, ya’ni bilimlar omboridagi 
ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Bilimlar bazasini juda katta nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan 
ekspertlar deb ataladigan mutaxassislar yaratib va to‘lg‘azib boradi. 
Ekspert tizimlarning asosiy vazifasi bilimlar bazasi asosida juda qiyin bo‘lgan 
ekspert masalalarini yechishga mo‘ljallangan. Ularning yutug‘i aniq yechim 
algoritmi noma’lum bo‘lgan masalaning yechimini bilimlar bazasi yordamida qaror 
qabul qilishga asoslangan, ya’ni ekspert tizimidan tajribasi past bo‘lgan 
foydalanuvchilar uchun instrument (qurilma, uskuna, asbob) sifatida ishlatiladi. 


13 
Ekspert tizimlari ayniqsa biznesda, himiyada, kommunikatsiyada, kompyuter 
tizimlarida, ta’lim sohasida, elektronikada, axborotlarni boshqarishda, ishlab 
chiqarishda, meditsinada, armiyada, fanda, kosmik sohasida, transportda keng 
foydalaniladi. 
Ta’rif. Sun’iy intellekt (SI) - bu dasturiy muhitning shunday tizimiki, unda 
inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi 
1956-yilda Stenford universiteti (AQSh) tomonidan taklif qilingan. 
Intellekt - bu maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan faktlar va usullar 
to‘plamidan iborat. Maqsadga erishish - bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo‘llashdan 
iborat.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin