Intercultural Communication and Mutual Understanding



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#73734
  1   2   3


Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
265
“Intercultural Communication and Mutual Understanding”
 
Special Issue | 2022

 
PRAGMALINGVISTIKANING TILDAGI O’RNI VA RIVOJI(INGLIZ VA O’ZBEK 
TILLARI) 
Sayibova Zuxra Yunusovna 
Alisher Navoiy Nomidagi O'zbek Tili VA Adabiyoti Universiteti O'qituvchisi 
Annotatsiya: Tilshunoslikning yangi va dolzarb masalalarga boy bosqichlaridan biri 
Linguopragmatika yoki Pragmalingvistika bosqichi tilga kommunikativ yondashuv bilan ajralib 
turadi. Bu degani, til aloqa vositasi sifatida qabul qilinadi va tilning kommunikativ funktsiyasi 
uning asosiy funktsiyasi deb tan olingan. Aloqaviy tilshunoslik, foydalanishdagi til sifatida nutq 
faoliyati sifatida tillar bo'yicha harakatlarni o'rganadi. Pragmalingvistikaning tilshunosikdagi 
tutgan o’rni va rivojiga har bir til vakillari tilshunos olimlari kabi o’zbek tilshunoslarini ham 
sanab o’tishimiz mumkin. 
Kalit so'zlar: tilshunoslik , linguopragmatika, pragmalingvistika, semiotika, pragmatika, empirik 
tahlil, amaliyot , pragmatik, semantik, kontekst , matn. 
Kirish.Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning 
moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqea hodisalar haqidagi bilimlarni 
jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. Til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud 
boʻladi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki : tilni bevosita o’rganib, uni tahlil qilib tasniflaydigan fan 
bu Tilshunoslik fanidir.
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar 
olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik xam boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar
tajribalar, izlanishlar, g’oyalar, kuzatishlar natijasi, "maxsuli" sifatida o’zining alohida o’rganish 
obyektiga va tekshirish metodiga ega bo’ldi. Qat'iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani 
ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga yetib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, "o’sish" 
davrini bosib o’tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta'limotlar ta'sirida bo’ldi, olimlar tomonidan 
lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda 
ko’plab manbalarga "guvoh bo’ldi", shakllandi. Aniroq qilib aytiladigan bo’lsa, tilshunoslik fani 
ham jahon fanlari sistemasida o’ziga xos va o’ziga mos doimiy mustahkam o’rin egalladi. [1] 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin