Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
267
“Intercultural Communication and Mutual Understanding”
Special Issue | 2022
Aloqa jarayonida lingvistik shaxsiyat;
tilning amaldagi
va kontekstdagi sifati;
muloqotning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi;
og'zaki
muloqotning talqini jihati;
Til insonning amalga oshiradigan faoliyati vositasi sifatida.
Sh.Safarov pragmalingvistikaga berilgan ta’riflarni umumlashtirib,
tadqiqotchilarning bu
boradagi asosiy g’oyalarini quyidagicha tasniflaydi:
kommunikativ faoliyat tavsifining tayanch nuqtasi faoliyat
tushunchasidir;
lison muloqot ishtirokchilarining o’zaro
munosabatini harakatga keltiruvchi vositadir;
lisoniy faoliyat voqelanishi bevosita muloqot muhiti bilan bog’liq
hodisadir.
Ma’lumki, muloqot muhiti, asosan, matnda o’zining bor imkoniyat va xususiyatlarini namoyon
etadi. Shunga ko’ra lingvistik birliklarning pragmatik xususiyatlarini o’rganish matn
lingvistikasini chuqur o’rganishni talab etadi. Zero, so’zlovchining axborot uzatishdan maqsadi,
tinglovchining axborotni qanday qabul qilganligini matnda yanada aniqroq bilishimiz mumkin.
Bugungi kunda matnni tadqiq etish pragmalingvistika yo’nalishiga bo’lgan e’tiborning
kuchayishi bilan yanada avj oldi. Qator tadqiqotlar matn qurilishi, unda o’z
imkoniyatlarini
topgan
kategoriyalar,
matnning
kognitiv
xususiyatlariga
bag’ishlandi.
Jumladan,
S.Boymirzayevaning «Matn modalligi», «Matn mazmunida temporallik semantikasi» nomli
monografiyasi, Sh.Turniyozovaning «Hozirgi o’zbek tilida matn shakllanishining
derivatsion
xususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, M.Yo’ldoshevning «Badiiy matn va uning
lingvopoetik tahlili
soslari» nomli o’quv qo’llanmasi o’zbek tilida matn tilshunosligi oldidagi qator muammolarning
yechilishiga turtki bo’ldi.
Xulosa. Umumiy qilib olganda Pragmalingvistika faqat ingliz yoki o’zbek
emas balki butun
dunyo tillari zamirida yotib , u shaxslararo muloqot jarayonida namoyon bo’ladi. Ya’ni
qaysi
tilni olmaylik , ularni tahlil qilish jarayonida Pragmalingvistikaning o’rni
naqadar muhim
ekanligini ko’rishimiz mumkin .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati (havolalar):
1. Rasulov Ravshanxo’ja (2010) “Umumiy tilshunoslik” 9-bet
2. Safarov Shaxriyor (2008) “Pragmalingvistika ” 6-7-betlar
3. Safarov Shaxriyor (2008) “Pragmalingvistika ” 41-42-betlar
4. Susov Ivan Pavlovich (1990) “ Semiotika i lingvisticheskaya pragmatika” 125-126-betlar
5. Suxachev (2003) “O semiotike Ch.S.Pirsa : Troystvenniy znak v universume reprezentatsiy ”
50-53-betlar
6. Volkov aleksandr Aleksandrovich (1966) ”Yazik kak siztema znakov ”34-bet