1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari
Tadqiqot metodologiyasi
Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlarini tadqiq qilishda ilmiy abstraksiyalash, qiyosiy tahlil, induksiya, deduksiya, analiz, sintez kabi metodlar qoʻllanilgan.
Tahlil va natijalar
Innovatsion jarayon korxonalarga strategiyani ishlab chiqish, yangiliklarni joriy etish va biznes innovatsiyalarini yaratishga yordam beradi. Butun dunyo boʻylab bizneslar oʻzaro bogʻliq boʻlib bormoqda hamda yildan yilga katta imkoniyatlar va yangi bozorlar paydo boʻlmoqda. Agar kompaniyalar ushbu yangi
bozorlarga kirishni va ushbu yangi imkoniyatlardan foydalanishni istasa, biznes ehtiyojlariga mos keladigan innovatsion jarayonni tashkil etishlari zarur. Innovatsion jarayon har bir biznesning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi. Kompaniyaning raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun innovatsion va strategik harakatlarni amalga oshirish uchun korxonalar oʻzining innovatsion strategiyasiga ega boʻlish lozim.
rasm. Kompaniyalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish bosqichlari [10]
Xalqaro amaliyotda kompaniyalar tomonidan innovatsion faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, xorijiy kompaniyalar tomonidan innovatsiyalarni amalga oshirishda gʻoyani shakllantirish, uni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini baholash, mavjud muammoli jihatlariga yechimlar topish, uni tijoratlashtirish va marketing bilan bogʻliq jihatlarini oʻrganib chiqish hamda amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi (1-rasm).