International Journal of Finance and Digitalization


rasm. Korporativ boshqaruvda innovatsion faoliyatni tashkil etish modellari [13]



Yüklə 64,77 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü64,77 Kb.
#198726
1   2   3   4   5   6
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

rasm. Korporativ boshqaruvda innovatsion faoliyatni tashkil etish modellari [13]


Korporativ boshqaruvda innovatsiyalar boʻyicha mas’uliyatni taqsimlashning bir qator yoʻllari mavjud. Bunda, asosan, ikki xil tanlov amalga



oshirilishi lozim. Birinchi tanlov innovatsion faoliyat boʻyicha ishtirokchilar turi va soni bilan bogʻliq, ya’ni innovatsion nazoratni bitta menejer yoki bir necha menejerlardan tashkil topgan guruhga topshirish boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim. Ikkinchi tanlov tayinlangan innovatsion faoliyat menejerlarining boshqaruv darajasi va ularning hisobot berish jarayonlari bilan bogʻliq. Mazkur jarayonda toʻgʻridan-toʻgʻri bosh direktorga yoki ijroiya guruhiga hisobot beradigan top- menejerlar yoki quyi darajada hisobot beradigan kichik va oʻrta darajadagi menejerlar ishlarni olib borishi boʻyicha qaror qabul qilishi lozim. Mazkur ikki tanlov natijasida kompaniyalar tomonidan bir necha modellar yuzaga kelishi mumkin (4-rasm).


Xulosa


Korxonalar korporativ boshqaruvida innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlarini tadqiq qilish asosida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin.
Birinchidan, korxonalarda innovatsion strategiyani shakllantirishda innovatsion faoliyatni korxonaning strategik maqsadlariga muvofiq kelishini inobatga olish lozim. Shuningdek, korporativ boshqaruv organlari innovatsion strategiyani ishlab chiqishda kadrlar masalasini alohida inobatga olish lozim.
Ikkinchidan, korxonada korporativ boshqaruvning samarali yoʻlga qoʻyilishi oxir-oqibatda moliyaviy natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Natijada, innovatsion faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari oshadi.
Uchinchidan, korxonalarda innovatsion strategiyalarni shakllantirishda innovatsion faoliyatni toʻgʻri tashkil etish hamda mazkur jarayon uchun tajribali mutaxassislarni jalb qilish zarur. Xususan, innovatsiyalarni yaratishda korxona uchun haqiqiy foyda keltiradigan jihatlarga e’tibor qaratish hamda korxonaning bozordagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilishi kabi jihatlarni inobatga olish lozim. Mazkur jarayonda korporativ boshqaruv organlari tomonidan ishchi guruhni qoʻllab-quvvatlash hamda uzoq muddat davomida loyihalarni moliyalashtirish masalalari hisobga olinishi zarur.
Toʻrtinchidan, innovatsion strategiyani shakllantirishda egalik nuqtai nazaridan aksiyadorlarning manfaatlariga zid keladigan jihatlar yuzaga kelmasligiga e’tibor qaratish lozim. Aks holda, innovatsion strategiyani amaliyotga joriy etish va uzoq muddat davomida moliyalashtirishda muammolar yuzaga keladi.



Yüklə 64,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin