International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 2 Issue: 02 | 2022 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich ham amal qiladi. Talablar aniq belgilanishi kerak, aks holda biz oʻzaro tushunisha olmaymiz. Shundan
soʻng, muvofiqlikni taʼminlash haqiqatan ham taʼminlanmaganligini aniqlash uchun oʻlchovlar doimiy
ravishda olib borilishi kerak. Sifat taʼrifining asosiy qoidalari quyidagicha: sifat belgilari aniq boʻlishi
kerak (oʻrnatilgan), aks holda uni qanday boshqarishni bilib boʻlmaydi, boshqacha qilib aytganda,
belgilangan talablarning nima ekanligini va mahsulotni yoki xizmatni anglatuvchi xususiyatlariga qanday
oʻtkazishimiz kerakligini bilishimiz kerak.
Audit bilan bogʻliq ravishda, sifat tushunchasi talablariga — nizom-qoidalar (audit standartlari,
auditorlarning kasbiy etikasi qoidalari) talablariga mos ravishda koʻrib chiqiladi. Bunday yondashuv
rasmiy xususiyatlarni hisobga olishga olib kelishi mumkin”
5
.
Audit sohasida yuqoridagi olimlar tomonidan aytilgan fikrlarni qoʻllash mumkin.
Biz A. V. Feygenbaumning sifatni aniqlash boʻyicha eng muhim bayonotlarini taqdim etamiz.
Sifat mijozlarni qoniqtirish nuqtayi nazaridan aniqlanishi kerak. Sifatni xaridor belgilaydi, muhandis,
marketolog yoki menejer emas. Bu isteʼmolchining tovar yoki xizmatni oʻz talablariga nisbatan haqiqiy
baholashiga asoslanadi
6
.
I.f.d., professor A.Z.Avlokulov taʼkidlashicha, auditning huquqiy asoslari yaratilib, auditorlik
faoliyatining tashkiliy asoslari toʻliq shakllanganidan soʻng, asosiy eʼtibor uning sifat koʻrsatkichlarini
yaxshilashga qaratilishi lozim. Auditorlik xizmatlarining sifat koʻrsatkichlari auditning samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi
7
.
V.T.Chaya mazkur masala boʻyicha toʻxtalib quyidagilarni taʼkidlaydi: auditorlik faoliyatini
rivojlantirishda muhim muammolardan biri audit ishii sifatini taʼminlash masalalari hisoblanadi, ayniqsa,
sifat nazoratining konseptual asoslari toʻliq ishlab chiqilmagan
8
.
A.M.Ribakova biznesning axborot va iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash uchun auditorlik
tekshiruvlari sifatli oʻtishi kerak, degan xulosaga kelgan
9
.
Yuqorida qayd etib oʻtilgan fikrlardan koʻrinib turibdiki, iqtisodchi olimlar sifat kategoriyasining
mohiyatini ochib berishga harakat qilgan boʻlsalarda, audit ishi sifatining mohiyatini toʻla-toʻkis yoritib
bermagan.
Auditorlik tashkiloti tadbirkorlik faoliyati hisoblanib, doimo risk bilan hamohang boʻladi. Shu
boisdan auditorlik tekshiruvlarida ishni toʻgʻri tashkil qilish va ishonchli auditorlik xulosasini tuzish talab
etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining audit sohasidagi qonunchilik hujjatlarida auditorlik
tekshiruvlarining maqsadi bayon etilgan. Xususan Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati
toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-son Qonunining 32-moddasiga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy
hisobotining va u bilan bogʻliq moliyaviy axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy
hisobotning hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan
5
Crosby Ph. Quality is Free. — New York: McGraw-Hill Book Co., 1979, p. 7.
6
Feigenbaum A. Total Quality Control, third edition. New York: McGraw-Hill Book Co., 1983.
7
Avlokulov A.Z. Moliyaviy natijalar auditi sifatini oshirish masalalari. //“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2015-yil
8
Chaya V.T. Sistyema kontrolya kachestva auditorskoy deyatelnosti: problemы i resheniya. //Audit i finansovыy analiz. %3,
2012. Str.259.
9
Ribakova A.M. Proverka kachestva audita v Rossii. // Ekonomicheskiye i sotsialno-gumanitarnыe issledovaniya № 2 (2) 2014