International multidisciplinary



Yüklə 133,84 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü133,84 Kb.
#211015
1   2   3   4   5   6   7   8
24-45

Xulosalar
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar tadbirkorligi siyosati mehnat bozorining turli sub’ektlari: davlat hokimiyati organlari, yoshlar biznes tashkilotlari, tadbirkorlar, ta’lim markazlari, moliya institutlari, alohida kompaniyalar va ularning vakillik tashkilotlari, mavzuga aloqador nodavlat notijorat tashkilotlari va palatalarning qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini birgalikda ta’minlash orqali yanada samaraliroq bo‘ladi. Turli manfaatdor tomonlarning ishtiroki barqarorlashuvning o‘sishiga, natijalarning yaxshilanishiga imkon beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan davlatlarda qabul qilingan dasturlar nafaqat davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi balki, nodavlat notijorat kompaniyalar, xususiy tashkilotlar, umuman, mehnat bozoridagi barcha sub’ektlarni ayni shu dasturlarni amalga oshirish uchun safarbar etadi.
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi bu ishlarning fundamental asoslarini mustahkamlaydigan omil – ta’lim tizimida joriy etilgan yangi o‘quv strategiyalarining mavjudligidir. Yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha qancha qonunlar, qarorlar, dasturlar va strategiyalar ko‘p bo‘lmasin ularning mohiyatini yoshlarga etkazib berishda ta’lim tizimida alohida islohotlar amalga oshirilmasa normativ-huquqiy hujjatlarning ta’sir samaradorligi pastligicha qolaveradi.
Bundan tashqari yoshlar tadbirkorligiga oid yagona uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, yoshlar tadbirkorligi masalasiga dahldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning yagona elektron bazasini yaratish, ularni unifikatsiya qilish, yangi qabul qilinadigan Tadbirkorlik kodeksida yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqi masalasiga doir normalarning kiritilishi bu boradagi qilinishi kerak bo‘lgan asosiy amaliy chora-tadbirlar hisoblanadi.
Yana bir jihat shuki, yoshlar tadbirkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashni qat’iy nazorat qilish va ijroni ta’minlashda barcha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining integratsiyalashuvini yo‘lga qo‘yish, nazorat tartibini belgilash masalalari ham asosiy o‘rinda turadi.
Shu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki mamlakatimizda yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini amalga oshirishning huquqiy asoslari xronologik tartibda izchil qabul qilinayotgan bo‘lsa-da, endi ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini nazorat qilish masalasi kun tartibidagi masaladir. Hozircha bu muammo bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari ma’lum darajada shug‘ullanayotgan bo‘lsa ham biroq ijro etilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning kutilgan natijalarni berayotganligi yoki yo‘qligi va ularning effektivligi samarasini baholashning yagona me’yorlari ishlab chiqilmaganligi bajarilgan ishlarni umumiy tarzda ko‘rsatilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ikkinchi masala shuki, O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning bir qismi sifatida ta’lim tizimida bu boradagi boshlang‘ich nazariy bilimlarni yoshlarga o‘rgatishdan boshlanishi kerak deb hisoblaymiz. Yoshlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga jalb qilishda ta’lim tizimida alohida yoshlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish bo‘yicha darslar yoki uzoq muddatli o‘quv kurslarining yo‘qligi yoshlarga bu sohaning haqiqiy huquqiy imtiyozlarini tushunib yetishda to‘sqinlik qilmoqda. Ayniqsa, endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar aksariyat hollarda yuqoridagi qonun va qarorlardan umuman bexabar ekanliklari yoki xabardor bo‘lsalarda mazmuniga tushunib yetmaganliklarini qayd etishadi.

Yüklə 133,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin