International multidisciplinary



Yüklə 133,84 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü133,84 Kb.
#211015
1   2   3   4   5   6   7   8
24-45

Keywords: concept of youth entrepreneurship, youth rights in ancient times, national legislation, "Avesto", legislation on entrepreneurship, European Union, European Youth Pact, youth entrepreneurship strategy, entrepreneurship education, Valnalon educa.
KIRISH.
Jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish va ishsizlikni tugatish kabi muammolar hamma zamon va makonlarda davlat hokimiyati oldida turgan asosiy muammolrdan biri bo‘lib kelgan. Tarixiy tajribada shu narsa isbotlanganki, Jamiyatda aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi, tovar va xizmatlar bozorining rivojlanishi nafaqat jamiyatning balki davlatning ham iqtisodiy barqarorligi, farovonligini ta’minlagan, fuqarolarning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlagan.
XXI asr fikrimizcha, faqatgina texnologiyalar asri bo‘libgina qolmay balki, yaratuvchanlik, tadbirkorlik va ishbilarmonlik asri hamdir. Bu asrda har bir davlat iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishning izchil rejasini ishlab chiqdi. Davlatlar o‘rtasidagi xalqaro aloqalar rivojlanib, o‘zaro manfaatli bo‘lgan iqtisodiy hamkorliklarni amalga oshirmoqdalar. Bularning barchasi bir so‘z bilan aytganda inson va fuqarolarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga yaratilgan imkoniyatlar, insonlarning iqtisodiy huquqlari kafolatlarining mustahkamlanishi va xususiy mulk daxlsizligi ta’minlanishi tufayli yuzaga kelgan jarayonlardir.
Har bir mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi asosan yoshlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining ma’lumot berishicha, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 55 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Mamlakatning iqtisodiy sektorida faoliyat olib borayotgan yoshlar sonini oshirish kun tartibida turgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Davlat tomonidan ishlab chiqarish va mehnat bozoriga endigina kirib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq ko‘plab chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masala bu “yoshlar tadbirkorligi”dir. 30 yoshgacha bo‘lgan, o‘zining innovatsion biznes rejasiga ega va moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlovga muhtoj yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularga kerakli yordamni ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish uchun sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning huquqiy asosini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish, uning ijrosining monitoringini olib borish – davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq bu sohada yaxlit tizimni yaratib berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini amalga oshirish uchun yetarlicha normativ-huquqiy baza va uni amalga oshirish mexanizmi shakllantirilgan.

Yüklə 133,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin