International scientific journal science and innovation


ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ



Yüklə 110,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü110,48 Kb.
#186001
1   2   3   4   5   6   7   8
ayollar-va-bolalar-salomatligini-saqlash

 
ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
1871
sogʻligʻini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom 
avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan 
maktabgacha taʼlim, maktab, internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish komplekslari kabi 
xilma-xil tarmoqlar rivojlantirilmoqda. 
Onalar va bolalarni sog’ligini saqlashga qaratilgan choralar 2 asosiy boʻlimni: akusherlik-
ginekologiya (tugʻishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami koʻrsatishni 
tashkil qilishni oʻz ichiga oladi. Akusherlik-ginekologiya yordamini maxsus muassasalar, 
xususan, shaharda tugʻruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar maslahatxonasi boʻlgan 
tug’ruqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-ginekologiya boʻlimlari, akusherlik va 
ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot institutlari akusherlik-ginekologiya kafedrasi 
tarkibidagi shu soha boʻlimlari, ayollar maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari 
tibbiy-sanitariya qismi qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq 
joylarda ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining 
tugʻruqxona boʻlimlari, ambulatoriyasi, feldsherakusherlik punktlari va poliklinikadagi 
akusherlik-ginekologiya kabinetlari koʻrsatadi. Ayollar maslahatxonasi oʻz hududidagi 
poliklinika, homiladorlarni sogʻlomlashtirish muassasalari, “Ona va bola skrining” markazi va 
perinatal markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, “Nikoh va oila” maslahatxonalari, oilaviy va 
bolalar poliklinikalari, koʻp tarmokli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari bilan uzviy 
bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi. 
Onalar va bolalarni sog’ligini saqlash tizimida davolash-profilaktika yordamining bir 
nechta bosqichlari mavjud: 1-bosqich - yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash, sogʻlom oila 
qurish, jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklardan boxabar etish 
boʻyicha yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishni “Oila va nikoh” ilmiy maslahatxonalari 
amalga oshiradi. 2-bosqich - homilani antinatal muhofazalash kompleks choratadbirlarini amalga 
oshirish ayollar maslahatxonasi, tugʻruqxona komplekslari va boshqa faoliyatiga kiradi. 3-bosqich 
- tugʻishni bekamu-koʻst olib borish uchun homilani institutranatal muxofazalash - bu 
tugʻruqxonalar zimmasiga yuklatilgan. 4-bosqich - yangi tugʻilgan chaqaloq sogʻligʻini himoya 
etish, uni emizish, umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat qilish va boshqa 
tugʻruqxonalarning chaqaloqlar boʻlimida koʻzdan kechirib boriladi. 5-bosqich - maktabgacha 
yoshdagi bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish. 6-bosqich - maktab yoshidagi bolalar sogʻligʻigi 
himoya qilish. Bularning hammasi Oʻzbekiston Respublikasi da yoʻlga qoʻyilgan yagona ona va 
bolalarning sog’ligini saqlash tizimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Respublikamizda 
faoliyat koʻrsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti, Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti, 
“Ona va bola” kasalxonasi va markazlari, shuningdek, shu sohaga oid qator davolash-profilaktika 
muassasalarida ona va bolalarning sog’ligini saqlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. 
Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning asosiy 
tarkibiy qismi sifatida e’tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv salomatlikni asrash 
bo‘yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv (lot. re – tiklanish, takrorlanish 
ma’nosida, produco – yarataman). Reproduktiv salomatlik deganda insonning o‘zidagi mavjud 
irsiy axborotni keyingi avlodga yaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o‘tkazish 
natijasida o‘zidan 
sog‘lom nasl qoldirib, avlodlarning bardavomligini ta’minlash tushuniladi.
Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq
barcha masalalar 
borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina
qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va 
ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir.



Yüklə 110,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin