ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 1875
salomatlik markazlari” uchun shtatlar ajratish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari
shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati umumiy
amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta koʻrib chiqib, ularning sonini optimallashtirish
hisobiga oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida akusher-ginekolog hamda pediatr,
qizlar uchun bolalar ginekologi shtat birliklarini joriy etish taklifi bildirildi.
Prezidentning 25.04.2022 yildagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza
qilishni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi hujjat OʻzAda e’lon qilindi. Qaror bilan
2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar
rejasi tasdiqlandi.Hujjatga koʻra, quyidagilar tashkil etildi:
- Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali Nukus shahrida
“Bolalar tibbiyot klasteri”;
- Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar
reanimatsiyasi boʻlimi;
- 2022 yil 1- maydan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari,
shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimi;
- Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar
anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda kecha-yu kunduz shoshilinch tibbiy yordam
koʻrsatuvchi pediatriya postlari;
- Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-
genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashхis qoʻyish boʻyicha Referens laboratoriya
va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari. Shuningdek, Respublika perinatal markazi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar
koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda
shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2022 yil 1
maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida
davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaхslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul
ovqatlanish joriy qilindi.
Keyingi yetti yillikda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida ulkan islohotlar olib
borilyapti. Shu yilning 8 sentyabrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Onalar va
bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga
xizmat qiladi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi
ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etiladi. Birlamchi tibbiyot-
sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari” o‘zlariga biriktirilgan hududlarda
homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil
etadi, homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi, tug‘uruqdan keyingi davrda ona
va bolaning davriy patronajini olib boradi.
Shuningdek, Markazning hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy
tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi, irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori
vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Respublika perinatal markazi esa erta
tug‘uruq xavfi bo‘lgan homiladorlarga, shuningdek, muddati yetmasdan (22-28 haftalik) tug‘ilgan
chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi. Homilador ayollar va yangi tug‘ilgan
bolalar skriningi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash