ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 1874
bolalarga koxlear implant o’rnatiladi. Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolalarni davolash
uchun 120 milliard so’mlik dori vositalari etkazib beriladi. Mamlakatimizda aholining reproduktiv
salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishi,
jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sogʻliqni saqlash sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi.
So’ngi kunlarda Respublikamizda istiqomat qilayotgan nogironligi mavjud bo’gan bolalar
uchun alohida Inklyuziv ta’lim joriy etilmoqda. UNICEF inklyuziv ta’limni O’zbekiston ta’lim
tizimiga kiritish masalalari bilan shug’ullanadi Inklyuziv ta’lim vazofasi bolalarning qobilyatlari
va holatidan qat’iy nazar ularning bariga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga,
inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega
bo’lishlari uchun oilada yashashlari va o’z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari
lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagibola yaqin atrofda
joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o’zlashtirishda qiynalayotgan bo’lsa , o’qish va
yozishga o’rganish uchun maxsus yordamga ega bo’lishi, darslarga qatnamay qo’ygan bolaga esa
maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko’rsatilishini kafolatlaydi. Axborotda qayd etilganidek,
soʻnggi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, reproduktiv
salomatlikni saqlash, goʻdaklar va bolalar oʻlimining oldini olishga qaratilgan qator qonunlar,
Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur yoʻnalishda bugungi kunda respublikaning
barcha hududlarida perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari, tugʻruq
boʻlimlari, koʻp tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlari tomonidan
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza
qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar deputatlar tomonidan eʼtirof etildi. Xususan, ayollar
va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish va boʻlajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash,
homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, onalar salomatligini mustahkamlash
maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxona”lari, qizlar
salomatligi boʻlimlari tashkil etilgan. Aholini profilaktik koʻrik, tizimli patronaj bilan qamrab olish
va reproduktiv salomatligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar oʻz natijasini
bermoqda.Shuningdek, ginekologik kasalliklarni zamonaviy xalqaro talablarga mos tashxislash,
davolash va reabilitatsiya usullari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Onalik va
bolalikni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan markazlardagi malakali mutaxassislarining joylarga
chiqib homiladorlar, reproduktiv yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi, mahorat darslari
va oʻquv-seminarlari tashkil etishi yoʻlga qoʻyilgan.Joriy yilning oʻtgan davri davomida
hududlardagi tugʻruq muassasalari mutaxassislarining 15 nafari xorijiy mamlakatlarda (13 nafari
Rossiyada, 1 nafardan Polsha va Turkiyada malaka oshirdi.Hozirgi kunda koronavirus
infeksiyasiga chalingan homilador ayollar uchun respublikadagi 15 ta muassasa qoshida
ixtisoslashtirilgan 820 shifo oʻrni tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, yigʻilish
ishtirokchilari sohada kuzatilayotgan ayrim muammolar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar borasida
oʻz fikr va mulohazalarini, shuningdek ularning yechimlari hamda sohaga oid normativ-huquqiy
hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni bildirishdi. Shuningdek, deputatlar onalar va
goʻdaklar oʻlimi jumladan, erta neonatal oʻlim, voyaga yetmaganlar orasidagi tugʻruqlarni
kamaytirish borasida kadrlar salohiyatini kuchaytirish, tizimga yangicha yondashish borasida bir
qator takliflar berdilar. Xalq vakillari tomonidan hududlarda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar
va fertil yoshdagi ayollar sonidan kelib chiqqan holda “Ayollar maslahatxonasi” va “Qizlar