ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 1873
b)
2022 yil 1 iyuldan boshlab: Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 - 15
yoshdagi bolalar yod preparati bilan; 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy
kislotasi preparati bilan bepul ta’minlandi;
c)
2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav
bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilindi.
Loyiha qabul qilinishi bilan 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar,
bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatladi. Bu jarayon bilan 2021
yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olindi hamda ayollar va bolalarni
yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash orqali
aholi o‘rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni
bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan
jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash vazifasi belgilandi. So‘nggi besh yil davomida
amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish
imkonini yaratdi, natijada onalar va go‘daklar o‘limining kamayishiga erishildi.Shu bilan birga,
olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar
va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish, ambulator yordamni
yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika
hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda. Onalar va bolalar salomatligini
mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-
tadbirlarni belgilash, shuningdek, 2022 yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri
uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1.
Quyidagilar
2022-2026
yillarda
onalar
va
bolalar
salomatligini
mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
a) sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar
profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu
jumladan: sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha tushuntirish
ishlarini kuchaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish,
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni
vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali
kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;
b) 2022-2026 yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan ob’ektlarni
rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
c) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini
amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam. Bunda, tuguruq
komplekslarini tamirlash, zarur uskunalar bilan jihozlash va tug’ruq o’rinlari sonini mavjud 11
mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga ko’paytirish ko’zda tutildi. 46 ta tumanlararo perinatal
markazini jihozlashga 5,2 million dollar yo’naltirildi. Kelgusi yilda bolalarning ham aqliy, ham
jismoniy, ratsional va soglom rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug’ma nuqsonlarning oldini
olish maqsadida bolalarni hamda o’smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan
bepul taminlashga 145 milliard so’m yo’naltiriladi. Eshitish qobiliyati past bolgan 250 nafar