Internet tarmog’ida axborot makoni


URL adresning umumiy ko‘rinishi



Yüklə 3 Mb.
səhifə2/9
tarix22.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#146618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Internet tarmog

URL adresning umumiy ko‘rinishi:
sistema :// kompyuter(bo‘lim)_nomi . tarmoq(provayder yoki server)_nomi . yuqori_domen/faylgacha_to‘liq_yul(papkalar va fayl)
Masalan:
http://informatika.freenet.uz/bonus/music.html
music.html –fayl nomi bonus – katalog freenet.uz – yuserver nomini ko’rsatadi http: - ma’lumotlarni almashish koidalar sistemasini ko‘rsatadi (http –bu WWW, ftp – bu FTP, gopther –bu GOPHER sistemalari).
FTP protokol yordamida biz Internet tarmoq orqali boshqa serverlardan ma’lumotlarni o‘zimiz kompyuterimizga ko‘chiramiz. FTP serverda faqat fayllar, Web serverda esa faqat giperhujjatlar saqlanadi. Giperhujjatlar bilan ishlash uchun bizga “Internet provodnik” dasturlar yoki brouzer dasturlar turi yordam beradi. Bularga Internet Explorer, Netscape Navigator boshqa dasturlar kiradi. Eng so‘nggi qismi - yuqori domen (birinchi darajali domen) deb nomlanadi va asosan mamlakatni ko‘rsatadi. U ikki harfdan iborat bo‘ladi, masalan:

uz – O‘zbekiston,


us – AQSh,
ua – Ukraina,
uk – Buyuk Britaniya,
ru – Rossiya,
au – Avstraliya,
kr – Koreya,
jp – Yaponiya,
cn – Xitoy,
br – Braziliya,
de – Germaniya,
it – Italiya


Lekin birinchi darajali domen mamlakatni ko‘rsatmasligi ham mumkin va u uchta harfdan iborat bo‘lib, quyidagicha bo‘lishi mumkin:
com – kompaniya yoki firma, tijorat saytlari
net – tarmoq sistemalari, telekomminukatsiya va aloqa tarmoqlari
edu – ta’lim muassasasi, ta’lim sohasi
gov – hukumat, davlat hokimiyati saytlari
org – nodavlat korxona va tashkilotlar
int – jahonaro korxona va tashkilotlar


Ikkinchi darajali domenlar esa yuqorida keltirilgan davlatlar yoki tashkilotlar ichki saytlari hisoblanadi (masalan, www.jspi.uz, www.uza.uz, www.uff.com, www.intal.net, www.tash.gov ).
Uchinchi darajali domenlar esa biron saytlarning ichki saytlari yoki tijoriy saytlar tomonidan tekin sayt ochish imkonini beruvchi saytlar hisoblanadi (masalan, www.algebra7.dars.uz, www.matfak.jspi.uz, www.zomin.narod.ru, www.sayohat.ukoz.ru, …).
Britaniyaning Netcraft kompanayasi o‘z izlanishlari natijasida internetdagi domen va saytlar sonini aniqlashdi va har doim uning o‘sishini aniqlab, e’lon qilib boradi.
2012 yil may oyidagi izlanishlariga ko‘ra internetda 662 959 946 sayt va bloglar borligi aniqlangan. Shu yil aprel oyiga nisbatan xost-nom domenlar soni 14 millionga kamaygan. Bu so‘nggi 22 oyda dastlabki pasayish hisoblanadi. Shunga qaramay, internet tarmog‘ida o‘tgan oylar mobaynida 1,2 million yangi domen nomlari paydo bo‘lgan.
Domen va sayt nomlarining umumiy soni, 1995 avgust — 2012 may

2012 yil yakunlariga ko‘ra, O’zbekistonning internetdagi milliy UZ domeni hududida 15811 ta domen nomi ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu avvalgi yildagiga nisbatan 2373 taga ko‘p demakdir (o‘sish – 17,7%). UZ domen hududida o‘tgan yili jami 5965 ta yangi domen ro‘yxatga olindi va qariyb 3600 tasi o‘chirildi.
Internet bugungi kunda dunyo bozorini o‘rganish, marketing ishlarini tashkil etishdan zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biridir.
Internet tarmog‘iga bog‘lanish turlari Internetra bog‘lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar tashkil qiladi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich (audiokalonkalar) va boshqa qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.
Internet bir-biriga bog‘langan kompyuterlar yagona tarmog‘idir. Internetga bog‘lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog‘lanish turlari o‘zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Sifat va tezlik oshishi bilan narx kutariladi. Bog‘lanish turlarini narxi kamayishi tartibini ko‘ramiz:
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish.

  • SLIP va RRR yordamida.

  • «Chaqiruv»yordamida bog‘lanish (Dial - up Access, Dial-up)

  • UUCP yordamida.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish tarmoqning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga imkon beradi. Buning uchun alohida tarmoq ajratiladi. Uni odatda provayder ta’minlaydi. Kompyuteringiz server vazifasini o‘taydi. Bu bog‘lanishning eng sifatli usuli bo‘lib, juda kimmat boxolanadi.To‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqani Radio Ethernet orqali amalga oshirish mukin. Bu bog‘lanish radio orqali bog‘lanishdir.
SLIP va RRR oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotidir.
SLIP (Serial Line Internet Protocol) va RRR ( Point to Point Protocol)da siz oddiy telefon tarmoqda ishlaysiz. Ishlab bo‘lgandan so‘ng telefon tarmoqni bushatasiz va undan boshqa foydalanuvchi ishlaydi. Bu bog‘lanishning qulayligi shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishga imkon beradi.
SLIP - bu oddiy telefon tarmog‘i va modemdan foydalaniladigan Internet protokolidir.
RRR- bu SLIPra o‘xshash va undan keyinroq yaratilgan protokoldir. Uning imkoniyatlari SLIP ga nisbatan ko‘proq, shuning uchun undan ko‘proq foydalaniladi.
«Chaqiruv» bo‘yicha bog‘lanish (Dial-up access, Dial-up) Internetga kirish­ga imkon beradi. Unda foydalanuvchi mantiqiy nom va parol yordamida Inter­netga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Bunda odatda bir tarmoqdan bir nechta foydalanuvchi foydalanadi, shuning uchun tarmoqning tez­ligi kam bo‘ladi. Chaqiruv bo‘yicha bog‘lanish judda oddiydir.
Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjat va ma’lumotlar ba’zasini giper bog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona informasion mu-xit kurish unga qulay informasion qidiruv tizimlarini tashkil qiladi.
O‘zaro muloqat qilayotgan mijozlar o‘rtasidagi masofa qancha uzoq bo‘lsa shuncha ko‘p aloqa vositasi ishtirok etadi va aloqa narxi ham oshib ketadi. Internet da muloqat amalga oshirilsa, aloqa kanali ham unda ishtirok etuvchi birop bir texnik vosita ham manopol egallamaydi. Buning sababi Internet tarmog‘ida o‘rnatilgan uzatilayotgan so‘rov, xabar va ma’lumotlar bir necha mayda bo‘laklarga ajratilgan "paketlar" ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TCP (Transfer Control Protocol) paketlari deb ataladi. IP (Internet Protocol) sistemalararo ma’lumotlar uzatish usuli mijoz kompyuterga yetib kelgan TCP paketlar yagona bir hujjatga yig‘iladi.
2. Provayder. Brouvzer. Internet Explorer brouvzeri.
Internet provayderi haqida ma’lumot Internet xizmati "Internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog‘i, kabel ka­nallari, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalaniladi.
Provayder - bu xizmat ko‘rsatish tashkiloti. Agar biron bir mahalliy tarmoq bevosita tarmoqka ulangan bulsa u holda mazkur tarmoqning xar-bir ishchi stansiyasi Internet ga ulanishi mumkin. Internet ga mustaqil ravishda ulangan kompyuter xam mavjud. Ularni xost-host kompyuter (raxbar) deb ata-shadi. Tarmoqqa ulangan xar bir kompyuter uz adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasi bilan istalgan mijoz uni topa oladi.
Uz domeni 1995 yil internet tarmog‘ida ro‘yxatga olindi. 1997 yildan boshlab O‘zbekistonda internet provayderlari xizmat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 900 dan ziyod internet provayderlari, internet xizmatlari, rasmiy operatorlar ishlamoqda. Ba’zi provayderlarning nomi va sahifa manzilini keltiramiz. UzPAK - www.uzpak.uz, Sarkor-telecom – www.sarkortelecom.uz, UzNet - www.uznet.uz, Buzton - www.buzton.com, www.tps.uz, www.intal.uz, www.rol.uz, www.uzscinet.uz, www.dostlink.uz.
2001 yilda O‘zbekistonda dastlabki internet sahifasi ishga tushdi.
O‘zbekistondagi internetdan foydalanuvchilar sonining oshib borishini Prezidentimizning ma’ruzalarida keltirilgan quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin.
“Ma’lumki, hozirgi vaqtda qishloqlarimizda an’anaviy maishiy xizmatlar bilan bir qatorda zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, xususan, internet, uyali aloqa, ya’ni mobil telefon aloqasi, kompyuterda turli xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan yangi servis shoxobchalari jadal rivojlanmoqda.
Bugungi kunda qishloq joylarda uyali aloqa xizmati abonentlari soni 5 millionga yetgani, bu esa mamlakatimiz bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning 30 foizini tashkil etayotgani va ushbu raqam tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
Shu bilan birga, qishloq hududlarida yangi texnologiyalar asosida kommunal xizmatlar uchun ekspress to‘lovlarni qabul qiladigan 3 mingta shoxobcha tashkil etildi.
Ayniqsa, joriy yilda 4 ming 200 ta qishloq maktabi, takror aytaman, faqatgina qishloqda joylashgan maktablar internet tarmog‘iga ulangani bu sohada amalga oshirgan jiddiy ishlarimiz qatoriga kiradi.” (2009 yil, 5 dekabr)
“Yurtimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 6 milliondan ortib ketgani ham buni tasdiqlab turibdi” (2010 yil, 12 noyabr)
“Shu bilan birga, zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internetni nafaqat maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlariga, balki har bir oilaga joriy qilish harakatlari bugungi kunda tobora kuchayib bormoqda. Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko‘lamda rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini ko‘rsatadigan mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy yilda bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizda 6 million kishi internetdan foydalanmoqda, ularning yarmini mobil aloqa orqali internetdan foydalanuvchilar tashkil etadi.” (2010 yil, 7 dekabr)
“Aholining internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati kengayib borayotganini albatta ijobiy baholash lozim. 2010 yilda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 1,4 barobar ko‘paydi va 6,6 million kishidan oshdi.” (2011 yil, 21 yanvar)
“Yil davomida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining 41,6 foizga o‘sganini bugungi kun talablariga javob beradigan ijobiy tendensiya sifatida baholash lozim.
Bu ko‘rsatkich, avvalo, mobil aloqa va Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar sonining o‘sishi hisobidan ta’minlandi. Bunda hisobot yilida aholi uchun Internet xizmatlaridan foydalanish tariflarini 22 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 8 millionga yaqini Internet tarmog‘idan faol foydalanmoqda.” (2012 yil, 19 yanvar)

Internet tezligi va sifati Provayderga bog‘liq. Provayderni tanlashda quydagilarni xisobga olamiz:



  • Provayder kanday tarmoqdan foydalanadi.

  • Domen ochish imkoniyati.

  • Bog‘lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi.

  • Kushimcha xizmatlar ruyxati va ularning baxosi.

Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita Internet ga ulangan bulsa, u holda maskur tarmoqning xar-bir ishchi stansiyasi Internet ga ulanishi mumkin. Internet ga mustaqil ulangan kompyuter xam mavjud. Server - bu boshqa kompyuter va dasturlarga xizmat ko‘rsatadigan kompyu­ter yoki dasturdir. Kompyuterlarga uzining fayllaridan ruxsat beruvchi kom­pyuter server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin.
Hozirgi kunda Internet ning WWW xizmati kundan kunga rivojlanib mukammal ma’lumotlar manbasiga aylanib bormoqda. Internet ning bu xizmat turlaridan foydalanish uchun avvalo mijoz kompyuterlarida shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dastur ta’minoti bo‘lishi zarur. Bunday dastur ta’minoti brauzerlar deb ataladi. Eng birinchi Brauzer CERN (Yevropa fizika tadqiqotlari markazi) xodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan Mosaic brauzeridir. Dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan Brauzerlar Netscape Communication va Internet Exploler hisoblanadi. Brauzerlarni asosiy talablardan biri, bu web sahifalarini qaysi texno­logiya yordamida ishlatishidan hamda qaysi dasturlash tilida yozilganidan qat’iy nazar undan to‘liq foydalanish imkoniyatini berish. Netscape Navigator bu Web Brauzerlari bo‘lib, uning yordamida World Wide Web da butun dunyo bo‘ylab sayoxat qilish, butun dunyo bo‘yicha tarkalgan va yaxlit holda ishlayotgan o‘zida turli hujjatlar, audio va vedio kliplar, grafikalar tijoratlarning malumotlar mujassamlashtirilgan va Internet ulangan kompyuterlar - Web serverlardan foydalanish imkoni bor.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin