Internet tarmog’ida axborot makoni


Tele va radioeshittirish dasturlari



Yüklə 3 Mb.
səhifə8/9
tarix22.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#146618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Internet tarmog

Tele va radioeshittirish dasturlari. O’zbekiston milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan olishingiz mumkin. www.mtrk.uz;
Ish o’rinlar birjalari. Respublika doirasida bo’sh ish o’rinlarini topish, aniqlash va muloqat o’rnatish quyidagi veb sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin. www.myjob.uz, www.vakansi.uz bu saytlardan siz ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlarni va Siz, o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to’ldirib jo’natishingiz va javob olishingiz mumkin.
Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o’tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi veb sahifalardan qidirish mumkin: www.uff.uz; www.the-uff.com; www.paxtakor.uz; www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O’zbekiston futboli va jaxon futboli yangiliklarini olishingiz mumkin. www.allsportsites.net bu saytdan esa sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma’lumot olishingiz mumkin.
Sportal.uz sport yangiliklari

Davlat boshqaruv va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikasiyalar tarmog’i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko’rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko’rsatiladi:

  • umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo’yicha xizmatlarni realizasiya qilish;

  • bir tomonlama o’zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

  • ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so’rov bo’yicha qabul qilish, tahlil (ko’rib chiqish) va javob yuborishni o’z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);

  • e lektron shakldagi ma’lumotlar to’liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko’rsatish va ularga haq to’lash shaklida ko’rsatilishi mumkin.

Bugungi kunda davlat organlarining veb-saytlari orqali aholiga interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko’rsatiladi.
Quyidagi veb sahifalardan Davlat boshqaruv va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni topish mumkin.

  • O’zbekiston Respublikasi xukumatinnig portali. http://www.gov.uz

  • O’zbekiston Respublikasi xukumatinnig portali. http://www.aci.uz

6. Internetda ma’lumotlarni qidirib topish va undan foydalanish.


Internetga kirish uchun dastlab ekrandagi Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Natijada Internet Explorer brouvzerining ishchi oynasi hosil bo‘ladi. Uning yuqori qismidagi Адрес: oynasiga biz kirmoqchi bo‘lgan sayt manzili yozilib, [Enter] tugmasini bosamiz.

Biron ma’lumot qidirmoqchi bo‘lsak, qidiruv tizimlaridan foydalanishimiz mumkin. Bular: www.ya.ru, www.rambler.ru, www.google.uz va boshqalar. Misol uchun, biz Rambler qidiruv tizimida ishlamoqchi bo‘lsak, ro‘yxatlar satridan http://www.rambler.ru yozuvini tanlaymiz yoki qidiruv tizimining nomini klaviatura yordamida kiritib, [Enter]ni bosamiz.

Natijada ekranda Rambler qidiruv tizimining sahifasi namoyon bo‘ladi.

Sahifa orqali bugungi kunga qadar to‘plangan turli sohaga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Internetning bunday qidiruv tizimlari yordamida istalgan ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida topish mumkin. Shuningdek, Искать oynasiga siz izlamoqchi bo‘lgan ma’lumotning biron jumlasi yoki so‘zi yozilib Найти! (yoki [Enter]) tugmasi bosiladi. Natijada shu jumla yoki so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (sahifalar) ro‘yxati kichik izohlari bilan paydo bo‘ladi. Biz kichik izohlar orqali o‘zimizga tegishli sahifani to‘liq ko‘rish uchun shu sahifa ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib borib, chap tugmasini bosamiz. Masalan, Alisher Navoiy haqida ma’lumot olmoqchimiz.
Yuqoridagi oynaga shu yozuvni kiritib, Найти! (yoki [Enter]) tugmasini bossak, quyidagilar paydo bo‘ladi:

Qidiruv natijasida 640 sahifa aniqlangan, shundan dastlab, 1-15 gacha bo‘lganining ro‘yxati ekranda Sarlavhasi, kichik izohi, sayt manzili bilan keltirilgan. Biz kichik izohlarni o‘qigan holda o‘zimizga keraklisini tanlab, sichqonchaning tugmasini bosamiz. Aytaylik, 3- o‘rindagi ma’lumot kerak bo‘lsin, u holda yangi oynada shu ma’lumot to‘liq paydo bo‘ladi.

Har qaysi qatordagi sahifalarni shu orqali ko‘rish va undan ma’lumot olish mumkin. Bunda tanlangan har bir sahifaning to‘liq matni alohida oynada hosil bo‘ladi.
Boshqa qidiruv tizimlari orqali ham xuddi yuqoridagidek, amallarni ketma-ket bajarish natijasida ma’lumot izlash mumkin. Brouvzerning asosiy tugmalari:

1. Назад – Bir sahifa orqaga yoki eski saytlarga qaytish
2. Вперед – Bir sahifa oldingi yoki yangi saytlarga o‘tish
3. Остановить – Yuklanishni (ochilayotgan saytni) to‘xtatish
4. Обновить – Yuklanishni qayta boshlash (saytni qayta yuklash)
5. Домой – Boshlovchi (uy) saytiga o‘tish (bosh sahifani yuklash)

Ma’ruza matnlari yoki boshqa axborot-ta’lim resurslarini olish uchun hamda boshqa ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun kerakli sayt (sahifa)larga murojaat etish lozim. Buning uchun:



    1. barcha ta’lim yo‘nalishi yoki sohaga oid axborot-ta’lim resurslarini olish uchun www.ziyonet.uz portaliga va uning Библиотека bo‘limiga kirish;


2) pedagogika sohasiga oid barcha ma’lumotlarni (DTS, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar, ma’ruza matnlari, avtoreferatlar, dissertatsiyalar haqida ma’lumot) olish uchun www.pedagog.uz portaliga va uning kerakli bo‘limlariga kirish;

3) tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanmish Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining www.tdpu.uz saytiga kirish; tegishli fanlarni olish uchun uning Elektron majmualar (tegishli fakultetlar va kafedralar) bo‘limiga kirish;
4) shuningdek, www.vak.uz – Oliy attestatsiya komissiyasining saytiga; www.edu.uz – Oliy ta’lim vazirligining portaliga; www.uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining portaliga kirish lozim.
Sizlarga qo‘shimcha quyidagi sayt (sahifa)larni keltiramiz:
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali
www.press-service.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.uza.uz – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sayti
www.dtm.uz – Davlat test markazi sayti
www.jspi.uz – Jizzax davlat pedagogika instituti
www.jizzax.uz – Jizzax viloyati hokimligi sayti


Tayanch iboralar


Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin