Websahifani topish uchun uning Internetdagi manzilini bilish zarur.
Internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi.
Internetdagi ko‘p foydalaniladigan websahifalar manzillari maxsus ma’lumotnomalarda chop etib turiladi.
Shuning dek, ba’zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog‘idan chiqarib tashlanadi.
Hozirgi kunga kelib o‘nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoolarni kel tirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog‘ida o‘z manziliga ega.
O‘zbekistonda ham WWW.UZ milliy axborotqidiruv tizimi 2006yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi.
Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili – www.uz/uz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun www.uz/ru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz.
Mazkur interfeys Opera webbrauzerida quyidagi ko‘rinishda aks etadi:
Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo‘yicha maqola, o‘yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo‘lishi mumkin.
Milliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo‘shilgan saytlar ichidagi ma’lumotlarni uning nomi va tavsifi bo‘yicha izlash imkonini beradi.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar orasida mashhurlaridan biri Google qidiruv tizimi bo‘lib, u juda ko‘p tillarda izlash imkonini beradi.
Bu qidiruv tizimini ishga tushirish uchun webbrauzer manzillar satriga «google.uz» so‘zini yozish va Enter klavishini bosish kifoya. Natijada qidiruv tizimining interfeysi aks etadi:
Bu qidiruv tizimining qidiruv satriga «webbrauzerlar» kalit so‘zi kiritilsa, quyidagi ko‘rinishda izlash natijalari aks etadi:
Ba’zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo‘yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etilgan mazvu tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo‘limga tegishli xujjatlari ichidan izlanadi.
Interne Explorer brauzeri Windows operatsion tizimi tarkibida komputeringizga o‘rnatilgan bo‘ladi. Oddiy foydalanuvchilar ichida keng tarqalgan. Faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu brauzer to‘liq yetakchilik qilgan davrda ko‘p veb-saytlar faqat ushbu brauzerda ishlashi shart bo‘lgan xolos.
Interne Explorer brauzeri Windows operatsion tizimi tarkibida komputeringizga o‘rnatilgan bo‘ladi. Oddiy foydalanuvchilar ichida keng tarqalgan. Faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu brauzer to‘liq yetakchilik qilgan davrda ko‘p veb-saytlar faqat ushbu brauzerda ishlashi shart bo‘lgan xolos.
Hozirda boshqa brauzerlarning biror qo‘shimcha yutug‘i to‘g‘risida gap ketganda, Internet Explorerda yo‘qlari haqida gapiriladi. Microsot kompaniyasi Internet Explorer(qisqacha IE) brauzerini ishlab chiqishda asosiy maqsad Netscape Navigator brauzeriga zarba berish bo‘lganligi uchun uning turli nostandart imkoniyatlari va kamchiliklari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirga kelib nostandart imkoniyatlar asta-sekin IE brauzeridan olib tashlanyapti.
Internet Explorer
Internet Explorer
Oddiy foydalanuvchilar uchun ushbu brauzerning kamchiliklari deyarli ko‘rinmaydi, chunki, ular uchun dasturchilar IE kamchiliklarini yopishadi. Dasturchilar ushbu brauzerni eng nostandart brauzer deb atashadi. Buning quyidagicha sabablari mavjud: