Mexanik tizimlar massasi. Tizim massalar markazi va uning koordinatalari. Inersiya momenti.
N1 N1 S F1ishq 0 x z F1ishq
REJA:
Mexanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar.
Mexanik sistema massasi va massa markazi.
Inersiya momenti.
Parallel o‘qlarga nisbatan inertsiya momentlari. Gyuygens-Shteyner teoremasi.
Bir jinsli ba’zi bir jismlarning inertsiya momentlari
Mexanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar.
Harakatlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan moddiy nuqtalar sistemasi mexanik sistema deyiladi. Mexanik sistema erkin va bog‘langan holatda bo‘lishi mumkin.
Mexanik sistema nuqtalarining harakati hech qanday sabab bilan chegaralanmagan, ya’ni nuqtalar orasidagi bog‘lanishlar o ‘zaro ta’sir kuchidan iborat bo‘lsa, mazkur sistema erkin sistema bo‘ladi.
Mexanik sistema nuqtalarining harakati biror sabab bilan chegaralangan, ya’ni mazkur sistema nuqtalariga bog‘lanishlar qo‘yilgan bo‘lsa, u bog‘lanishdagi sistema deb ataladi.
Sistemaning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa o‘zgarmay qolsa, u о'zgarmas sistema deb ataladi. Bunday sistemaga qattiq jism misol bo‘la oladi.
Mexanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar.
Mexanik sistemaga ta’sir qiluvchi kuchlar shartli ravishda ichki va tashqi kuchlarga ajratiladi.
Mexanik sistemani tashkil etuvchi nuqtalarning o‘zaro ta’siri ichki kuchlar deyiladi.
Mexanik sistema tarkibiga kirmaydigan jism (nuqta)lar tomonidan qo‘yilgan kuchlar tashqi kuchlar deb ataladi.
Ichki kuchlar Fi , tashqi kuchlar Fe , shuningdek, ichki kuchlar bosh vektori Ri, tashqi kuchlar bosh vektori Re bilan belgilanadi.