Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə22/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Gudning o'simliklarning chidamliligi yoki bardoshliligi (tolerantlik) nazariyasi. Gud (Good) nazariyasi introduktorlarda katta qiziqish uyg`otadi, chunki u turlarni o`z arealidan tashqarida, boshqa yangi areallarga sun‘iy ravishda o`tkazish uchun asos yaratadi. Turlar faqat tashqi sharoitlar ularning talablariga zid bo'lmagan yoki Gud iborasi bilan aytganda, ―bardoshlik chegaralari doirasida‖ bo'lgan mamlakat hududlarini egallashi mumkin. Tur o‘z tabiatiga ko‘ra egallashi mumkin bo'lgan butun arealni Gude potentsial deb ataydi. Bunda vegetativ (yer usti va еr osti) organlarning o‘lchami va vaznining ortishi, shuningdek, generativ organlarning ayrim o'zgarishlari tez-tez kuzatiladi. Bu, aftidan, birinchi navbatda, qulayroq oziqlanish sharoitlari va madaniy holda turlararo kurashning yo'qligi natijasidir.

  • Ekologo-geografik usuli (Avrorin, 1947; I.V. Belolipov, 1976). Bu usulda turli geografik joylardan bo`lgan o`simliklar kolleksiyalarini o`rganish orqali ularni ekologo - geografik tarqalish qonuniyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan.

    I.V. Belolipov (1976) O`rta Osiyo florasida uchraydigan o`simliklarning Toshkent Botanika bog`i introduksiya sharoitida ekologik jihatdan moslashish xususiyatlarini tavsiflab berdi. Muallif, ilmiy tadqiqotlarida O`rta Osiyo florasiga mansub 565 tur yoki Yer sharining floristik oblastlaridan mingdan ortiq tur introduksiya qilingan o`simliklar kolleksiyasidan foydalanildi.

    1. Filogenetik yoki turkum komplekslari va geobotanik edafikatorlari usuli (F.N. Rusanov, 1950). Usul introduksiya jarayoniga bir turkumga tegishli bo`lgan barchasini yoki ko`proq foydali bo‘lgan turlarni jalb qilishga asoslangan. Agar turkumga tegishli turlarning ma‘lum bo`lagi tadqiq etilsa, turkum kompleksi fragmenti (elementi) deb atagan. Turkum turlarining turli sharoitlardan kelib chiqqan va har xil talablari va filogenetik munosabatlarga ega bo'lishligi, bu ularning turli iqlim sharoitida rivojlanish tarixiga ega ekanligi bilan hamda bu barcha turlarning hamma uchun yangi teng sharoitlarga reaktsiyasini o'rganish imkonini beradi.

    O'zgartirilgan sharoitlarga ijobiy javob beradigan turlar keyingi tadqiqotlar uchun tanlab olinadi.
    Ikkinchi usul esa edifikator turlarning har xil sharoitlardan foydalanishga qodir ekanligi va yangi sharoitlarda o'sishi mumkinligiga asoslanadi. Edifikatorlar eng keng tarqalgan turlar bo'lib, ular ko'pincha meridional va kenglik yo'nalishlarida katta areallarga ega. Bu ularning turli xil yashash sharoitlari uchun yuqori ekologik plastikligini ta‘minlaydi va shuning uchun ular introduksiya uchun eng mos ob'ektlar bo‘lib hisoblanadi.
    F.N.Rusanov o`zining ishlarida bir turkumga mansub turlarni (masalan, do`lana (Crataegus) turkumi turlari) alohida tahlil qilib turkum kompleks usuli nazariyasini ilgari surdilar.


    1. Yüklə 1,31 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin