Yong‘oq, chin yong‘oq– Juglans regia L. Gretskiy orex Juglandaceae O‘cimlikning tavsifi. Yong‘oq (Juglans regia) Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae) oilasiga mansub yirik daraxt. Barglari murakkab, toq patsimon, poyada ketma-ket joylashgan bo‘ladi. Barglari bezli bo‘lib, kuchli efir moyli hid chiqaradi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli
o‘simlik. Barg qo‘ltig‘idan chiqqan kuchalasimon changchi (otalik) to‘pguli osilib turadi. Urug‘chi gullari bir yoki bir nechta bo‘ladi, serbarg novdaning uchida joylashadi. Mevasi yong‘oq, po‘sti toshsimon qattiq hujayralarga to‘yingan, ichida go‘shtli mag‘zi bo‘ladi. Mag‘zi burishgan, yirik urug‘pallali. Urug‘i qush, kalamush va sichqonlar yordamida tarqaladi. Urug‘i endospermsiz. Aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust oyining oxiridan boshlab pisha boshlaydi.
Geografik tarqalishi. Yong‘oq Osiyoning sharqida va Amerikaning tropik qismlarida o‘sadi.
Kimyoviy tarkibi. Meva qobig‘idan sifatli qora va qo‘ng‘ir bo‘yoq olinadi, karbon kislotalar, oshlovchi va fenol moddalari bor. Bargida efir moylari, glikozidlar, flavonoidlar mavjud. Yong‘oq mag‘zida esa 18% oqsil, 78% shakar, 75% moy bo‘ladi. Bundan tashqari A, S, Ye, R, K vitaminlari hamda K, Sa, Mg, R, Si kabi makro va mikro elementlariga boy.
Ishlatilishi. Yong‘oqning hamma qismi dorivor hisoblanadi. Mag‘zi to‘yimli oziq hisoblanadi va inson organizmida yengil hazm bo‘ladi. Xalq orasida yong‘oq mag‘zi miyani eslatadi degan fikr yuradi. Bu bejiz aytilmagan, chunki yong‘oq mag‘zi serotonid moddasiga boy bo‘lib, doimiy iste'mol qilinganda markaziy asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi. Yong‘oq tarkibida A vitamini ko‘p bo‘lgani uchun ham ko‘zni ravshanlashtiradi. Yong‘oq bargi bod, sil, bosh og‘rig‘i, raxit kabi kasalliklarga davo hisoblanadi. Bargidan olingan yuglon preparatlari – surtmasi, eritmasi va suspenziyalari ilmiy tibbiyotda teri sili, ekzema, surunkali epidermofitiya, temiratki, terining yuqumli, yiringli va boshqa kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi. Revmatizm, raxit va teri kasalliklarida yong‘oq barglaridan tayyorlangan qaynatmali vanna juda foydalidir.
Yong‘oqdan sifatli o‘simlik yog‘i olish mumkin. Ko‘m-ko‘k meva po‘stini tishlarga surilsa tish milklarini mustahkamlaydi. Pishib yetilmagan yong‘oq mevasi qandli diabet va qon bosimi oshganda qo‘llaniladi. Xom mevasidan tayyorlangan murabbo iste'mol qilinganda uyqu qochishi, qon qo‘yilishi kasalligi, bosh og‘rig‘i, darmonsizlanish, buqoq, tomoq og‘rig‘i, nafas qisish xastaliklariga davo bo‘ladi. Damlama tayyorlash: 1 choy qoshiq bargiga 1 stakan qaynoq suv quyib 1 soat damlanadi, dokadan o‘tkaziladi va kuniga 4 mahal ovqatdan oldin 0,5 stakandan ichiladi. Yong‘oq mag‘zi aralashtirib tayyorlanadigan “Omega-3” dorivor aralashmasi qon quyuqlashishiga qarshi ta'sir qiladi, terini silliqlashtiradi. “Omega-3”dorivor aralashmasini tayyorlashi: 10 ta ezilgan yong‘oq mag‘izi va 2 ta maydalangan sarimsoq piyoz, 2 osh qoshiq kungaboqar moyi bilan aralashtiriladi. Kuniga bir mahal 1 choy qoshiqdan iste'mol qilinadi. Aralashma sekinlik bilan yeyiladi. Organizmda yod balansini tiklash, rak kasalligini oldini olish va immun tizimni mustahkamlash uchun quyidagi spirtlinastoykadan foydalanish mumkin: Yetilgan mevalardan 5-6 dona terib olinadi, qirg‘ichdan o‘tkaziladi va 100 gr etil spirtiga (40%li) solinadi, 3 kun qorong‘i joyda saqlanadi. Mahalliy aholi tomonidan yong‘oqdan quyidagicha foydalaniladi: Yetilmagan 3 dona yong‘oq olinib, 100 gr aroqqa solinadi. Shisha idish og‘zi bekitilib, qorong‘i joyga qo‘yib qo‘yiladi. 15-20 kun o‘tgandan so‘ng eritma och qizg‘ish tusga kiradi, eritmani olib 5 tomchi qaynatib sovitilgan suvga bir tomchi
eritmadan qo‘shib, ovqatdan yarim soat keyin 3 mahal bir hafta mobaynida iste'mol qilinadi va o‘rtada yana 10 kun o‘tgach yana bir hafta mobaynida takrorlanadi. Bu immunitetni ko‘taradi va yod tanqisligini oldini oladi, nerv shamollash kasalliklari va buqoq kasalligiga foyda qiladi.
Nazorat savollari: